So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston – Ummon. Olmaliqdagi futbol bayrami Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston – Ummon. Olmaliqdagi futbol bayrami

O'zbekiston milliy terma jamoasi rasmiy va o'rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarni asosan poytaxtimizda o'tkazadi.

Bugun yodga olmoqchi bo'lgan uchrashuvimizga Olmaliq shahri mezbonlik qilgan va o'yin hozirgi OKMK stadionida bo'lib o'tgan. Unda Mirjalol Qosimov shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvi doirasida franciyalik Pol Le Guen boshchiligidagi Ummon terma jamoasini qabul qilgan. Tajribali mutaxassis bunga qadar Kamerun terma jamoasi, PSJ, “Lion” klublaridagi faoliyati bilan tanilganini katta yoshli ishqibozlar yaxshi bilishadi deb o'ylaymiz.

Osiyo kubogi-2015 tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan terma jamoamizga Ummon sparring raqib vazifasini o'taydi. Bilasiz, bu terma jamoa bilan ilgarlari ko'p bor yo'llarimiz kesishgan. JCH-2002 saralash bosqichida 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz, birinchi o'yinda 5:0 hisobida vakillarimizning qo'li baland kelgan. SHunday ekan ularga jiddiy munosabatda bo'lish talab etilardi. Garchi, o'rtoqlik o'yini bo'lsa ham. 

Murabbiy ushbu bellashuvga umuman boshqa va hech kim kutmagan futbolchilarni tarkibga jalb qildi. CHaqirilganlar orasida yangi nomlarni uchratshimiz mumkin edi. Azim Ahmedov, SHuhrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Sanjar SHoahmedov, Navro'zbek Alimov va hokazo. SHuningdek, o'sha vaqtda Serbiyaning “Yavor” klubida to'p tepayotgan yosh futbolchi Husniddin G'ofurovga imkoniyat beradi. Tajribali yarim himoyachi shundan so'ng Ektor Kuper davridagina chaqiruv oladi. Bahsni nisbatan ikkinchi tarkib bilan boshlagan terma jamoamizni Odil Ahmedov sardor sifatida olib tushdi. Server Jeparov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Temur Kapadze singari etakchilar bu safar qaydnomadan o'rin olishmadi. O'yin rasmiy maqomga ega bo'lmagani uchun qolgan futbolchilar sinovdan o'tkazishga qaror qilindi. Bu paytga kelib Baxtiyor Ashurmatov ham murabbiylar shtabiga taklif etilgandi. Qosimov ham “Bunyodkor”dan ketib bor etiborini milliy jamoaga qaratishga kirishgandi. 

Ummon darvozasini shu kuni ko'pchilik kutgan, Angliyaning “Uigan”, “Vest Bromvich” klublarida harakat qilgan Ali Al Habsi emas, Al Rashidi qo'riqlaydi. Ilk daqiqalardan mazmunli futbol ko'rsatishga harakat qilga futbolchilarimiz asosan bir tepar usuli bilan ummonliklar himoyasini yorib o'tishga harakat qilib ko'rishdi. To'p nazorati ham hamyurtlarimiz tomonida bo'ldi. 

Ammo, 17-daqiqaga kelib raqib o'yindagi ilk hujumini tashkil qildi. Himoyachilarimiz esa qupollik bilan ularning o'yinchisini to'xtatdi. Vladislav Ceytlin belgilagan nuqtaga Al Xadri yaqinlashdi va Eldor Suyunov darvozasi tomon zarba yo'lladi. Darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Al Mahaijri gol urib hisobni ochadi. Ushbu futbolchi Ummon terma jamoasida shu vaqtga qadar eng ko'p 178ta uchrashuvda qatnashgan o'yinchi hisoblanadi. Aynan uning goli birinchi bellashuvda jamoasiga g'alabani olib kelgandi. 

Bir tomondan mag'lubiyatga oddiy qarash kerak, boshqa tomondan mag'lubiyat FIFA reytingimizga salbiy tasir qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda zahiradan Fozil Musaev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidovlar tushganiga qaramasdan baribir yakunda mag'lubiyatga uchradik. Biroq, mazkur o'yinda ayrim yosh futbolchilar terma jamoadagi debyutini nishonlashga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi o'yin Toshkentda JAR stadionida o'tgan va unda ham termamiz mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Bu haqda esa keyingi sonlarimizda fikrlashamiz.


O'rtoqlik uchrashuvi.
O'zbekiston – Ummon – 0:1
27.05.2014. Olmaliq. OKMK stadioni.
Gol:
Ahmad Al Mahaijri 19.
O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Egor Krimec, Boburbek Yuldashev, SHuhrat Muhammadiev, Azimjon Ahmedov (Sardor Sobirxo'jaev, 72), Oleg Zoteev, Odil Ahmedov (Fozil Musaev, 54), Jamshid Iskanderov (Jasur Hasanov, 67), Sanjar SHoahmedov (Igor Sergeev, 54), Ivan Nagaev (Navro'zbek Alimov, 67), Husniddin G'ofurov (Sardor Rashidov, 46).





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

FOTO uchun Hasan Pirmuhammedovga, VIDEO uchun Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика