So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - KXDR 1:0 (to'liq tomosha qiling) Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - KXDR 1:0 (to'liq tomosha qiling)

Ayni vaqtda futbol uchrashuvlari, ichki chempionat bahslari malum fursatga to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Siz azizlarni zeriktirib qo'ymasligimiz uchun 2015 yil Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasining o'yinlarini yodga olamiz.

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi Qura natijalariga ko'ra KXDR, Xitoy, Saudiya Arabistoni bilan "B" guruhdan joy egallagan edi. Birinchi bellashuv Sidney shahrida KXDR terma jamoasiga qarshi o'tkazilgandi. Demak, bugun birinchi tur tafsilotlarini yana bir bor eslaymiz va batafsil to'xtalib o'tamiz.

SHu kuni ob-havo o'ta noqulay kelganiga qaramasdan o'yin murosasiz va keskin ruhda davom ettirilgan. Xavfli vaziyatlar nisbatan biznikilarda ko'proq yuzaga kelganiga qaramasdan to'p darvozaga kirishni istamadi. Aniqrog'i, kuchli yomg'ir to'p bilan erkin harakat qilishga imkon bermagan. Bahsning 63-daqiqasida Server Jeparov qanotdan to'pni yuqorilatib yosh hujumchi, turnirda debyutini nishonlayotgan Igor Sergeevga uzatadi, u esa Ri Myon Guk qo'riqlayotgan darvozaning pastki burchagini boshi bilan chiroyli tarzda ishg'ol qiladi. Hakam hushtagi yangrashiga bir necha soniyalar qolganida raqiblar burchak zarbasidan muvozanatni tiklashga juda yaqin keladi. Biroq, tajribali posbon Ignatiy Nesterov mahoratini ko'rsatib jamoamizni goldan saqlab qoladi.


O'zbekiston – KXDR 1:0
10.01.2015. Sidney, "Avstraliya" stadioni. 12078 tomoshabin
Bosh hakam: Navaf SHukrulla (Bahrayn)
Gol: Igor Sergeev, 63
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Akmal SHorahmedov, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov (Jamshid Iskanderov, 90), Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 72), Igor Sergeev (Bahodir Nasimov, 89).

Quyida ushbu o'yinni to'liq holda tomosha qiling:

TAS-IX hududida

1-taym

 


2-taym

 

 


Videoni telegramdagi kanalimizda ko'chirib olib, tomosha qilish ham mumkin: KANALGA O'TISH

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика