So’nggi yangiliklar

08:52Клаудио Раньери фаолиятидаги сўнгги учрашувдан сўнг нималар деди?  1 08:25Sofascore. БААдаги "ўзбек дербиси"да Ғаниев ва Эркинов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:58Sofascore. Мавсумдаги сўнгги учрашувда Шомуродов неча баҳо олди?  3 07:30Суперлига. Бугун 11-тур якунланади  1 06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  11 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  34 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  2 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  1 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  23 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  22

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan hozircha so'nggi uchrashuvni yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. “Neftchi” – “Salgaokar” 3:0. OFK kubogi doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan hozircha so'nggi uchrashuvni yodga olamiz

Sir emaski Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'zining eng yorqin damlarini mutaxassis Yuriy Sarkisyan davrida o'tkazgan.

Uning boshqaruvida klub ichki chempionatda sovrindorlar qatoridan joy olish barobarida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda ham yomon ko'rsatkich qayd etmasdi.Ammo, o'ta hunuk tarzda jamoadan haydalgan Sarkisyandan so'ng klubning ishlari ortga keta boshladi.

Farg'onadagi eski stadionning o'zgacha fayzi bor o'yingoh klublar ishtirokidagi xalqaro o'yinlarni boshqa qabul qilmadi. So'nggi marotaba stadion 2012 yil OFK kubogi doirasidagi bahsga mezbonlik qilgandi.

Unda “Neftchi” Hindistonning “Salgaokar” klubini qabul qilgandi. Farg'onaliklar 2011 yil Oliy Ligada to'rtinchi o'rinni egallab OCHLdan keyingi o'rinda turuvchi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Esingizda bo'lsa o'sha vaqtlarda O'zbekiston uchun OFK kubogiga ham malum bir kvotalar ajratilardi. Hozirga kelib esa faqat OCHL uchungina kvotalar taqdim qilinmoqda. U ham yildan yilga kamayib borayotganini aytish joiz.

Xullas, quraga ko'ra yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Neftchi” “D” guruhida “Al-Vihdat” (Iordaniya), “Al-Oruba” (Ummon), “Salgaokar” (Hindiston) jamoalari bilan guruhdan chiqish uchun kurashishni boshladi. Keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun so'ngi turda g'alaba qozonish yoki durang qayd etish talab etilardi. CHunki, bu paytga kelib vakillarimizda 8 ochko to'plab navbatdagi raund masalasini deyarli ijobiy tomonga hal qilib qo'yishgandi. Oxirgi turdagi g'alaba esa ortiqcha gap so'zga, hisob-kitobga o'rin qoldirmasdi. Raqibda esa yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi.

2012 yilning 8 may kuni “Markaziy” stadionga 14 mingdan oshiq muxlislar o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishgandi. Stadionda haqiqiy futbol muhiti yuzaga kelgandi. Hozirda ko'pchilik o'sha damlarni qo'msashi tabiiy. Endi Sarkisyan davridagi jamoa qaytmasa kerak.

Uchrashuvdagi birinchi gol ishqibozlarni ko'p kuttirmadi. Hakam hushtagi yangrashi bilan tezkor hujumga o'tgan mezbonlar birinchi daqiqada Pavel Smolyachenkoning tezkor goli evaziga hisobni ochishadi. Ushbu futbolchi keyinchalik ham “Neftchi”da to'p tepdi. Faoliyati davomida legioner sifatida horijda to'p tepdi, Bekobodning “Metallurg” jamoasida to'p tepdi. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Smolyachenko yana bir raqib posbonini bezovta qilishga majbur bo'ldi va ikkinchi to'pni kiritdi. O'yinda etakchilikni qo'liga olgan Sarkisyan shogirdlari 77-daqiqada uchinchi golni urib amalda o'yin taqdirini uzil-kesil hal qildi. Gol muallifi – Anvar Berdiev. Mahoratli hujumchi 2012 yil jamoadagi so'ngi mavsumini o'tkazadi. Yil yakunida 19ta gol bilan Oliy Liga to'purari bo'lgan Berdiev 2013 yil “Bunyodkor” jamoasining taklifini qabul qildi va Toshkentga yo'l oldi.

Ha, bugun biz yodga olgan OFK kubogi bahsi hozirgacha Farg'ona mezbonligida o'tgan so'ngi xalqaro bahs bo'ldi. Sababi "Neftchi" bitta uchrashuvdan iborat 1/8 finalni "Arbil"ga qarshi safarda o'tkazib mag'lub bo'lib musobaqani tark etadi. O'sha mavsumdan so'ng “Neftchi”ning ishlari ortga keta boshladi, turnir jadvalida quyi o'ringa sho'ng'idi. 2013 yil “Guliston” bilan bahsdan so'ng Sarkisyan istefoga chiqarildi. Afsuski, 2012 yil “Neftchi”ning xalqaro maydonda ishtirok etgan so'nggi mavsumi bo'ldi.

OFK kubogi. Guruh bosqichi. 6-tur
“Neftchi” (O'zbekiston) – “Salgaokar” (Hindiston) 3:0
08.05.2012. Farg'ona Qirguli, “Markaziy” stadion. 14000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Muhtar Al Yarimi (Suriya)
Gollar: Pavel Smolyachenko 1, 50 Anvar Berdiev 77.
“Neftchi”: Hislat CHilmatov, SHavkat Nasibullaev, Muhsin Nizomiddinov, Iqbol Boboxonov, G'ayrat Jumaev, Sardor Mirzaev (Otabek Isroilov, 85), SHerzod Hakimov, Pavel Smolyachenko (Izzat G'aniev, 67), Anvar Berdiev, Fahriddin Xolmurodov, Sardor Soibov, Anvar Berdiev.
Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Videoni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика