So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Bir o'yin tarixi. "Sokkeruzlar" bilan ilk to'qnashuv, Inileevning istefosi yoxud JCH-2010 saralashi doirasidagi O'zbekiston – Avstraliya – 0:1 uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Sokkeruzlar" bilan ilk to'qnashuv, Inileevning istefosi yoxud JCH-2010 saralashi doirasidagi O'zbekiston – Avstraliya – 0:1 uchrashuvini yodga olamiz

O'zbekiston milliy terma jamoasining Avstraliya bilan yo'llari shu vaqtga qadar to'r marotaba kesishganini yaxshi bilsangiz kerak.


Yashil qita vakillari bilan ilk bor 2008 yil JCH-2010 saralash bosqichida Toshkentda to'qnash kelganmiz. Bu bahsning ahamiyati shunda ediki, g'alabadan boshqa har qanday natija bosh murabbiy Rauf Inileevga chiqish eshiklarini ko'rsatardi. Yani kvalifikacion raundni Qatarga qarshi uchrashuv bilan boshlagan termamiz ortga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytadi. Mazkur natija esa albatta O'FF rahbarlarini hafsalasini pir qilgandi. Lekin, o'sha paytlarda Qatarni kuchsiz deb bo'lmasdi. Kuintana etakchiligidagi terma jamoadan jiddiy havf kutish mantiqqa to'g'ri kelardi. Boz ustiga oldinda Avstraliya, Yaponiya singari qitaning grand terma jamoalarining sinovidan o'tishimiz lozim edi. Futbolimiz mutasaddilari esa Avstraliya bilan o'yinda Inileevga so'ngi imkoniyatni berishadi. 

O'sha bahs rekonstrukciya qilingan "Paxtakor" stadionidagi ilk uchrashuvga aylangan edi.

Termamiz Avstraliya bilan kechadigan o'yinga bir qator yo'qotishlar bilan etib kelgandi. Yani termada o'z o'rnini topib ulgurgan Aziz Ibragimov, Aleksandr Geynrixlarning xizmatidan murabbiy foydalana olmasdi. Ularning o'rni esa tajribali va yoshi katta o'yinchilar, Ilxom Suyunov, Asror Aliqulovlar bilan to'ldirildi. SHuningdek Vagiz Galiulin ham boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Baqoev va SHackix ikkita hujumchi sifatida tandem hosil qilishi kutildi. Raqib esa Okeaniyadan Osiyoga ko'chib o'tganiga ko'p bo'lmaganiga qaramasdan qitada o'r obro'yiga ega edi. Pim Virbeek ko'l ostida “Liverpul” bilan ECHLda g'olib chiqqan Gari Kyuell, “Fulxem” posboni Mark SHvarcer hamda Mark Breshiano kabi yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangandi. Bizga oson bo'lmasligi aniq edi.

Odatdagidek o'yinni faol boshlagan futbolchilarimiz ilk daqiqalardan chiroyli o'ynash va turli yo'llar bilan kombinaciyalar tashkil qilish payida bo'lishdi. Ammo, yuqorida aytganimizdek mahorat va tajriba o'z so'zini aytayotgandi. Mezbonlar har qancha urinmasin baribir raqib himoyasini yorib o'tishga qiynalishardi, Jasur Hasanov va Islom Inomovlarning qanotdan amalga oshirayotgan tezkor reydlari samara bermadi. Darhaqiqat, Inomov Inileev davrida terma jamoada ko'proq to'p tepdi, murabbiyning ishonchli futbolchilaridan biriga aylangandi. Unga termada yosh Vitaliy Denisov raqobatchilik qilardi.

Faoliyatining eng gullagan paytlarini o'tkazayotgan Inomov o'z poziciyasida chakki harakat qilmasdi. O'yinni o'z tomoniga og'dirayotgan termamiz azolari 26-daqiqada darvozalaridan to'p olib chiqadi. Gol muallifi avstraliyaliklarning faxriy futbolchisi, “Bazel” klubi azosi Skott CHipperfeld. Himoyada yo'l qo'yilgan birgina xato barcha narsani o'zgartirib yuborayotgandi. Birinchidan mag'lubiyat guruhdagi vaziyatni og'irlshatirardi, ikkinchidan Inileev istefoga chiqarilardi. Raqibning bo'ydor va jismonan baquvvat futbolchilariga qarshi SHackix, Baqoev ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushgan Zayniddin Tojievlar ham hech narsa qila olishmagandi. Tayanch yarim himoyasini kuchaytirish va raqibni markazdan o'tkazmaslik maqsadida Temur Kapadzening tushirilishi ham mag'lubiyatdan qutulib qolishimizga yordam bermadi.

Toshkentda 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan O'zbekiston terma jamoasi o'z guruhida quyi o'rinlarni band qilayotgandi. Endilikda umid qolgan bellashuvlardan edi. Inileevdan so'ng tayinlangan Mirjalol Qosimov termaga yangi qon va yangicha uslubni olib kirishi kutildi. Biroq, voqealar rivoji nima bilan tugagani o'zinizga ayyon. SHunday bo'lsada milliy jamoamiz Inileev boshqaruvida yangi darajaga ko'tarildi, qitaning kuchli termalari bilan bemalol kurasha oladigan holatga keldi.

JCH-2010 saralash bosqichi.

O'zbekistonAvstraliya – 0:1

10.09.2008. 2-tur. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 34000 tomoshabin.

Bosh hakam: Al-Fadli Saad (Quvayt)

Gol: Skott CHipperfeld, 26.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Asror Aliqulov, Ilhom Suyunov, Islom Inomov, Vagiz Galiulin (Temur Kapadze, 43), Server Jeparov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Ulug'bek Baqoev (Zayniddin Tojiev, 69), Maksim SHackix.

Bosh murabbiy: Rauf Inileev (O'zbekiston).

Avstraliya: Mark SHvarcer, Brett Xolman (Mili Sterjovskiy, 77), Vrett Emerton, Garri Kyuell (Bryus Jite, 90), Karl Valeri, Kristofer Koyn, Luk Uilkshir, Lukas Nill, Mark Breshiano (Devid Karney, 73), Skott CHiperfeld, Yakob Barns.

Bosh murabbiy: Pim Virbeek (Niderlandiya).

Quyida uchrashuvdan olingan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin. Ajoyib kadrlar uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Vatan madhiyasi yangrayotganda butun vujud larzaga keladi.

Ushbu tarkibdan bugungi kunda Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov, Vagiz Galiulin hamon yashil maydonda javlon urmoqda.


O'zbekiston milliy terma jamoasida 60 dan ziyod uchrashuvlarda maydonga tushgan mudofaa qalqoni Asror Aliqulov, butsalarini barvaqt mixga ilgan, betakror zarbalar egasi Ilhom Suyunov.


Darvozabon Mark SHvarcerni tanidingizmi?


Avstraliya terma jamoasi mana necha yildirki, biz uchun chaqilmas yong'oq bo'lmoqda.


So'ngi bor Ummon terma jamoasida faoliyat olib borgan niderlandiyalik mutaxassis Pim Virbeek, uning yonida Ektor Kuper va Lyubinko Drulovichni mag'lub etgan Gram Arnold.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика