So’nggi yangiliklar

15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3

Bir o'yin tarixi. Geynrixning goli kamlik qildi yoxud Yurgen Gyode uchun so'nggi bekat, Maminov va Pashinin uchun esa oxirgi uchrashuv Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:1 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Geynrixning goli kamlik qildi yoxud Yurgen Gyode uchun so'nggi bekat, Maminov va Pashinin uchun esa oxirgi uchrashuv Janubiy Koreya – O'zbekiston 2:1

Yurtimizda davom etayotgan karantin davrida siz azizlarni zeriktirib qo'ymaslik uchun bir o'yin tarixi loyihasini taqdim qilishda davom etamiz.

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2006 saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarini kutilmaganda muvaffaqiyatsiz boshladi. Dastlab o'z maydonimizda Osiyoning kuchli termasi Saudiya bilan durangga imzo chekishga majbur bo'ldik. Ilk tur, boz ustiga noqulay sanada o'tkazilgani bois oddiy qabul qildik. Ammo, ikkinchi turda safarda Quvaytdan uchralgan mag'lubiyat hammasidan o'tib tushdi. G'alaba qozonsa bo'ladigan o'yindagi salbiy natija hammani toqatini toq qilib bo'lgandi. Yulduzli tarkib, barcha narsa etarli edi. 

1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Yurgen Gyode istefoga chiqarilishi kutilgandi. Lekin, germaniyalik mutaxassisga yana bir imkoniyat berildi. Janubiy Koreya bilan safarda kechadigan navbatdagi bahs uning termada qolishi uchun ohirgi umid uchquni hisoblanardi. Har qanday holatda ham kareyslar maydonidan ochko bilan qaytilganda ham murabbiy o'rnini saqlab qolardi. Mag'lubiyat esa unga chiqish eshiklarini ko'rsatishi tayin edi. Quvayt bilan bellashuvdan besh kun o'tib vakillarimiz Seulga safar qilishdi. Oldinda bizni aytib o'tganimizdek maxoratli va jismonan kuchli futbolchilardan iborat Janubiy Koreya terma jamoasi bilan og'ir o'yin kutardi. Raqibni niderlandiyalik Pim Virbeek boshqarardi. Har bir davrda bizni mundial yo'lida oyog'imizni chaladigan Koreyadan bu safar ochko bilan qaytishimizga ishongandik. Bahsdan oldin tarkibimizda Mirjalol Qosimov va Maksim SHackixning yo'qligi rejalarga tasir ko'rsatmay qolmadi. Amalda Gyode mazkur o'yinda jiddiy rotatciyalarga qo'l urdi. Leonid Koshelev, Anvar Soliev asosiy tarkibdan joy oldi. Odatda “sehrli tayoqcha” zahiradan tushib qutqaruvchi vazifasini bajarardi. Maminov, Pashinin, Fyodorov kabi legionerlarning tajribasi bizga qo'l kelishini bilardik. Darajasi yuqori o'yinlarda tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. 

Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan mashhur “World Cup” stadionidan g'alaba bilan qaytish afsuski shu kuni futbolchilarimizning peshonasiga yozilmagan ekan. Koreyaliklarning ikki goliga Geynrixning javob to'pi etarli bo'lmadi. O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichidagi uchinchi uchrashuvda ham ochko yo'qotishda davom etdi. 

Yakunda Yurgen Gyode vazifasidan ozod etildi. Ushbu murabbiy 2003 yilda terma jamoamizga kelgan, o'shanda yoshlar terma jamoamizda 2003 yilgi kichik mundialda Viktor Barisovga yordamchi bo'lgandi. 2004 yilda terma jamoada Ravshan Haydarov bilan birgalikda faoliyat ko'rsatdi. Bosh murabbiy boshqa bo'lsada, ko'pgina qarorlarni Gyode qabul qilardi. SHunday bo'lsada u azaliy orzuimiz Jahon chempionatiga olib chiqa olmadi. 

Toshkentda o'tgan javob uchrashuvida jamoani Ravshan Haydarov boshlab tushdi. Minglab muxlislar ko'z oldida alamli 1:1 ko'rinishidagi durang natija qayd etildi. Unda o'zbekistonlik murabbiy ko'proq mahalliy futbolchilarga ishonch bildirdi. Bugun eslab o'tgan uchrashuvimizdan so'ng Vladimir Maminov, Aleksey Polyakov, Oleg Pashininlar boshqa taklif qilinmadilar. Qisqasi rossiyalik legionerlar 2001-2005 yillar oralig'ida O'zbekiston terma jamoasi uchun harakat qildilar. Orada Dionisev, Georgiev, Agalarov kabi futbolchilar ham kam sonli o'yinlarda ishtirok etishdi. Afsus na legionerlar, na xorijlik murabbiylar maqsadimizga erishishimizga yordam bermadi. Janubiy Koreya biz uchun hamon chaqilmas yong'oq bo'lib qolmoqda.

JCH-2006 saralash bosqichi. 3-tur.
Janubiy Koreya – O'zbekiston - 2:1
30.03.2005. Seul. “World Cup” stadioni. 61000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Talat Najim (Livan)

Gollar: Li Yung Pyo  55, Li Dong Guk 62 - Aleksandr Geynrix 79.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Oleg Pashinin, Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev (Andrey Akopyanc, 82), Server Jeparov, Vladimir Maminov, Ildar Magdeev (Marat Bikmaev, 50), Aleksandr Geynrix, Anvar Soliev.
Bosh murabbiy: Yurgen Gyode.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика