So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  1 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Tarixda shu kun. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0 Yangiliklar

Tarixda shu kun. Geynrixdan gol va selfi, to'lib toshgan "Bunyodkor" stadioni yoxud O'zbekiston - Suriya 1:0

Bugun yurtimizda O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda.

Biz esa yaqin shu kunda tarixda bo'lib o'tgan ajoyib uchrashuvlardan birini eslaymiz va o'sha zavqli onlardan yana bir bor bahramand bo'lamiz. Bundan roppa-rosa 6 yil oldin Geynrix terma jamoadagi so'nggi golini urgandi. Bu o'ziga hos tarix. Garchi bu bir gol bo'lsada, uning qiymati Sasha uchun ham, biz uchun ham yuqori edi. 

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi hal qiluvchi raundi oldidan Suriya, Qatar, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin oldi. Aftidan guruhdan chiqishga imkoniyatimiz va kuchimiz etarlidek chamalangan edi. Aslida bizda imkoniyat har doim bo'lib kelgan, hattoki oxirgi turlargacha umid saqlanib qolingan. Lekin, nimadir etishmaydi. Birgina nimadir so'zini esa juda keng ko'lamli, uning zamirida esa juda ko'p mulohazalar yotibdi. Bu haqida esa keyinroq gaplashamiz. Milliy jamoamiz saralash bahslarini 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydigan bo'ldi, uchrashuvning ahamiyati yuqori, qiziqish baland edi. Saralashni g'alaba bilan boshlash esa vakillarimizga qo'shimcha kuch berishi tayin, boz ustiga shu vaqtga qadar terma jamoamiz barcha JCH saralash bosqichlarida hal qiluvchi raundni g'alaba bilan boshlamagandi. O'yindan oldin tarkibimizda ayrim yo'qotishlar ham yo'q emasdi. Markaziy himoyada Egor Krimec, Anzur Ismoilov juftligini o'ynatishni hush ko'ruvchi Samvel Babayan bu safar Krimecning diskvalifikaciyasi sabab undan foydalana olmaydi. Uning o'rnida esa markaziy yarim himoyachi Otabek SHukurov harakat qiladi.

SHu kuni o'yinga mezbonlik qilgan Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgan, haqiqiy anshlag kuztilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. CHempionat uchrashuvlariga qaraganda terma jamoa o'yinlariga muxlislarning ko'p tashrif buyurishiga odatiy hol hisoblanadi. CHunki bu - vatan jamoasi, vatan esa bitta, u tanlanmaydi. Tarkib, futbolchilarning saviyasi va darajasi jihatdan raqibidan ustun hisoblangan vakillarimiz uy to'p tepganiga qaramasdan jiddiy qarshilikka duch kelishgan, Suriya himoyada juda zich o'ynagan, futbolchilarimizga bo'sh hududlar qoldirmagan edi. To'p nazorati va o'yin tizgini milliy jamoamiz tomonida bo'lganiga qaramasdan to'p darvozaga kirishni istamayotgandi. 27-daqiqada jarima to'pidan uzatilgan to'pdan so'ng Islom To'xtaxo'jaev yo'llagan zarbaga raqib posboni Ibrohim Alma to'g'anoq bo'ldi. Yuqorida aytganimdek faqat hujum qiladigan jamoaga qarshi zich himoyalangan jamoa maydonga tushsa birinchi raqam ostida harakat qilgan jamoa vaziyat ko'p bo'lmaydi. Bu esa Suriya bilan bahsda o'z tasdig'ini topgandi. Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida Aleksandr Geynrixning zaxiradan maydonga tushishi barchada umid uchqunlarini uyg'otdi. CHunki, Sasha maydonga tushsa nafaqat muxlislar balki futbolchilar ham boshqacha kayfiyatda, ishonch bilan to'p tepadi. Umumiy qilib aytganda Geynrix kayfiyat o'yinchisi edi. 74-daqiqaga kelib nihoyat hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Eldor SHomurodov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Odil Ahmedovning zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Aleksandr Geynrix darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. Stadion larzaga keldi, bu tarixiy gol, bu g'alaba goli bo'lgandi. Geynrix golni o'ziga hos uslubda nishonlaydi. 

Golni nishonlash va selfi haqida Geynrixning o'zi shunday degandi: "Totti - haqiqiy afsona. Uning so'nggi o'yinini ko'rdim, futbol bilan xayrlashganini ko'rib yig'ladim. U singari golni nishonlaganimdan shodman. Suriya bilan o'yindagi selfi o'z-o'zidan kelib chiqdi. Nodirxo'ja Yuldashev menga telefonini uzatdi va ajoyib hissiyotlar ostida suratga tushdik". 

Ushb jarayonni Nodirxo'ja Yuldashev quyidagicha eslaydi: "Suriya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yindagi selfini eslab o'tsam. Undan avvalgi o'yinda Geynrix gol urdi va men uni chaqirdim, shovqindan eshitmadi. Bu haqda mashg'ulotda unga aytganimdan keyin, keyingi o'yinda albatta selfi tushishini aytdi. O'sha kuni u ikkinchi bo'limda maydonga tushdi, gol urdi. Quvonchli lahzalar, men katta ehtimol bilan unutgan degan hayolga bordim. Bir payt meni izlab, men tomon kela boshladi. Demak yodida va telefonimni tayyorladim. Bu selfi FIFA saytida ham etirof etildi. To'g'ri, bu bir shou edi xolos". Yakunda uning goli g'alaba va uch ochko keltirgandi. 

Biz yodga olgan Sashaning goli, muhim g'alaba, takrorlanmas hissiyotlar ,unutilmas lahzalarni taqdim qilgani bilan ham qadrli va ahamiyatlidir.

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика