So’nggi yangiliklar

20:12U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  218 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  2 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:2 (матнли трансляция)  21 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  4 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  6 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7

Bir o'yin tarixi. Evrebening tomoshasi, g'azablangan Ballak, taslim bo'lgan Gvardiola, Inestaning qahramonligi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Evrebening tomoshasi, g'azablangan Ballak, taslim bo'lgan Gvardiola, Inestaning qahramonligi

2007 yildan so'ng “Barselona”da jiddiy o'zgarishlar davri boshlandi.

Frank Raykardni istefoga chiqargan klub rahbariyati bosh murabbiylikka jamoa uchun begona bo'lmagan Xosep Gvardiolani taklif qiladi. Natijada jamoa ushbu mutaxassis qo'l ostida dastlabki mavsumdayoq katta natijalar qayd etadi, ichki chempionatdagi barcha sovrinlarni o'ziniki qilgan kataloniyaliklar xalqaro maydonda ham bosh sovrinni hech kimga bermaydi. Finalda MYUni mag'lub etib ECHL kubogini boshi uzra baland ko'targan jamoa yarim finalda juda katta to'siqqa uchraydi. Aniqrog'i, ispan klubini Gus Xiddink boshchiligidagi “CHelsi” musobaqadan chiqarib yuborishiga soniyalar etishmagandi. Boz ustiga norvegiyalik hakam Tom Evrebening qarorlari barchaning asablarini tamom qilgandi. Demak, bugun bir o'yin tarixi loyihasi orqali o'zbek futbolidan chetga chiqqan holda “Barselona” va “CHelsi” ishtirokidagi bahsni yodga olamiz.

2008/09 yilgi ECHL yarim finalida Angliyaning “CHelsi” va Ispaniyaning “Barselona” klublari o'zaro to'qnash keladi. “Nou Kamp”da o'tkazilgan birinchi bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va unda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgandi. Londonda kechadigan javob uchrashuvi murosasiz va qiziqarli ruhda o'tishini tahmin qilish qiyin emasdi. Boisi, bu ikki jamoa ishtirokidagi bahslar doim shiddatli kechgani bilan yodda qolgan. Safardan durang bilan qaytgan “CHelsi”ning o'z maydonida o'tadigan o'yinda imkoniyatlari bir muncha yuqori baholangandi. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Darhaqiqat, shu kuni “Stemford Brij”ga kelgan muxlislar olov bo'lib yongandi. Gollandiyalik Gus Xiddink o'sha mavsumda ajoyib jamoani shakllantirgandi. CHex, Terri, Lempard, Drogba, Ballak - bular shunchaki jamoaning yulduzlari va afsonalari edi. Ular bilan xalqaro maydonda zafar quchish har qanday murabbiyning orzusi bo'lgan. Xiddink bunga juda yaqin keldi. Maykl Essen uchrashuvning to'qqizinchi daqiqasida Valdes qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib hisobni ochadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra mezbonlar finalga chiqishga birinchi qadamni tashlashgandi. Jarima maydonchasida Frenk Lempard mehmon jamoa futbolchilarini chalg'itgan holda to'pni darvoza yo'llaydi. Ganalik yarim himoyachi raqibdan qaytgan to'pni to'xtatmasdan chap oyoqda gol uradi. Ayni vaqtda qahramon bo'lishga davogar aynan u edi. Biroq keyingi daqiqalarda o'yin scenariysini norvegiyalik hakam Tom Evrebe butunlay o'zgartirib yuboradi. Endilikda mazkur referining qarorlari diqqat markaziga chiqadi. 24-daqiqada bellashuvdagi ilk bahsli vaziyat yuzaga keladi. Dani Alves raqib futbolchisi Maludani jarima maydonchasi ichida yiqitadi. Lekin, hakam penalti o'rniga jarima zarbasini belgilaydi. Ikkinchi bo'lim avvalida Evrebe muallifligidagi bahsli vaziyatning ikkinchisi sodir bo'ladi. Dide Drogbaga ishlatilgan qo'pollikni u etiborsiz qoldiradi. 82-daqiqada Pikening to'pni qo'li bilan o'ynashini ham ko'rmaydi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Gvardiola Xiddinkni oldiga borib g'alaba bilan qutlaydi. 

Ko'rinib turardiki murabbiy mag'lubiyatni tan olib bo'lgandi. Ammo, 90+4 daqiqada Andres Inesta futbol ohirigacha o'ynalishini barchaga eslatib qo'yadi. Jarima maydonchasi yaqinida to'pni qabul qilib olgan futbolchi CHex turgan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oladi. Uning goli londonliklarning muxlislarini ustiga bamisoli muzdek suv quyib yuborgandi. To'g'rida, 90 daqiqa yutib turgan jamoa so'ngi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarishi har qanday ishqibozni og'ir ahvolga solib qo'yishi tabiiy. 90+6-daqiqada Evrebe unutilmas xatoga yo'l qo'yadi. Ballakning kuchli zarba bilan darvozaga tepgan to'pini Eto`O yaqqol qo'li bilan to'xtatib qoladi. Hakamdan esa hech qanday sado chiqmaydi. Germaniyalik futbolchi vaziyatni tushuntirish uchun hakamning ortidan yugurganini bilsangiz kerak. 

Buning oqibatida stadiondagi muxlislarda katta etiroz tug'iladi. Uni London policiyasi alohida olib chiqib ketadi.

Ammo oradan uch yil o'tgach “CHelsi” Di Mateo murabbiyligida ushbu muvaffaqiyatsizlik uchun revansh olishni uddasidan chiqadi. 

UEFA CHempionlar Ligasi. 2008/2009 mavsum
Yarim final bosqichi.

“CHelsi” – “Barselona” 1:1 (birinchi uchrashuv 0:0)
London. “Stemford Brij” stadioni.
Bosh hakam:
Tom-Xenning Evrebe (Norvegiya)
Gollar: Maykl Essen (9), Andres Inesta (90+4).
“CHelsi”: Petr CHex, Eshli Koul, Joze Bosingva, Jon Terri, Aleks, Maykl Essen, Frenk Lampard, Mixael Ballak, Floran Maluda, Dide Drogba, Nikolya Anelka (Juliano Belleti, 73)
“Barselona”: Viktor Valdes, Jerar Pike, Dani Alves, Xavi, Andres Inesta (Eydur Gudyonsen, 90), Serxio Buskets (Boyan Krkich, 86), Seydu Keyta, Yaya Ture, Lionel Messi, Samuel Eto `O (Cilvinyu, 90) 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика