So’nggi yangiliklar

09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  9 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  1 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  7 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47

Bir o'yin tarixi. Bundan roppa-rosa 19 yil oldin "Bavariya" ECHL finalida Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya"ni mag'lub etgandi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Bundan roppa-rosa 19 yil oldin "Bavariya" ECHL finalida Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya"ni mag'lub etgandi

2001 yilning 23 may sanasida Myunxenning "Bavariya" klubi Evropa chempionlar ligasi deb nom olgan musobaqada ilk bor g'olib bo'lgandi.

Finalda "Bavariya"ga Ispaniyaning "Valensiya" klubi to'qnash kelgan edi. Uchrashuvning 3-daqiqasida niderlandiyalik bosh hakam Dik Yol "Bavariya" darvozasiga penalti belgilaydi. Gaiska Mendeta 11 metrli jarima to'pidan gol uradi - 0:1.

Oradan 5 daqiqa o'tgach hakam bu safar "Valensiya" darvozasi tomon penalti belgilaydi. Biroq Mexmet SHoll gol ura olmaydi, Kanisares mahorat ko'rsatadi.

Ikkinchi taym boshida Dik Yol uchinchi bor 11 metrli jarima nuqtasini ko'rsatadi. "Bavariya" sardori SHtefan Effenberg Kanisaresni ojiz qoldiradi - 1:1.

Asosiy va qo'shimcha vaqtda boshqa gol urilmaydi. G'olib futbol lotoreyasi deb atalmish penaltilar seriyasida aniqlanishi malum bo'ldi.

Seriyani "Bavariya" futbolchisi Paulo Serjio boshlaydi va gol ura olmaydi. "Valensiya"ning uchinchi zarbasi muallifli sloveniyalik Zlatko Zaxovich ham adashadi va uchinchi zarbalardan keyin hisob 2:2 ko'rinishini oladi. Myunxenliklarning navbatdagi zarbasini Patrik Andresson beradi va Kanisares to'pni qaytaradi. Keyingi zarbani bergan Amedeo Karboni gol ursa "Valensiya" 99 foiz chempion bo'lardi. Biroq Oliver Kan uning zarbasini qaytaradi! Beshta zarbadan keyin hisob 3:3 bo'ladi. Ikkala jamoa azolari yana ikki martadan zarba berib gol urishadi. Ettinchi zarbada Tomas Linke gol uradi, "Valensiya" vakili Maurisio Pellegrinoning zarbasidan keyin Oliver Kan to'pni qaytaradi, "Bavariya" chempion! Ektor Kuper boshchiligidagi "Valensiya" ketma-ket ikkinchi yil ECHL finalida mag'lub bo'ladi.

Evropa chempionlar ligasi-2000/2001. Final.

"Bavariya" - "Valensiya" - 1:1 (Penaltilar seriyasi 5:4)

23.05.2001. Milan, "San Siro" stadioni. 80000 tomoshabin.

Bosh hakam:
Dik Yol (Gollandiya)

Gollar:
0:1 - Gaiska Mendeta - penaltidan 3.
1:1 - SHtefen Effenberg - penaltidan 50.

Amalga oshirilmagan penalti: Mexmet SHoll ("Bavariya") 8 (darvozabon)

"Bavariya": Oliver Kan; Biksant Lizarazyu; Patrik Andersson; Samuel Kuffur; Tomas Linke; Ouen Xargrivs; Xasan Salixamidjich; SHtefen Effenberg; Mexmet SHoll (Paulo Serjio, 108); Jovanni Elber (Aleksandr Cikler, 100); Villi Sanol (Karsten Yanker, 46)

"Valensiya":
Santyago Kanisares; Amedeo Karboni; Joselin Angloma; Mauricio Pellegrino; Gaiska Mendeta; Kili Gonsales; Ruben Baraxa; Djon Karyu; Roberto Fabian Ayyala (Miroslav Djukich, 89); Xuan Sanches (Zlatko Zaxovich, 66); Pablo Aymar (David Albelda, 46)

Ogohlantirishlar: Patrik Andersson; Santyago Kanisares; Amedeo Karboni; Kili Gonsales. 




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика