So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Қўқон-1912" – "Машъал" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  1 19:46Суперлига. "Бухоро" - "Андижон" (матнли трансляция)  1 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  6 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  22 17:49"Пахтакор" стадионининг айни пайтдаги ҳолати  12 17:20Шота Арвеладзе: "Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига чиққан Ўзбекистон терма жамоасини табриклайман!"  4 16:55ОФК Осиё саралаш босқичи плей-оффининг мезбонларини маълум қилди  25 16:32ПСЖ президенти клуб мавсуми ҳақида ҳужжатли сериал чиқишини эълон қилди  0 16:04Ана холос! Неймар фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  7 15:36Гаттузо Италия терма жамоасида ишлашга яқин: У аллақачон Буффон билан учрашган  4 15:07Суперлига. 12-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Қизилқум" ва "Шўртан"да йўқотишлар бор  0 14:44Расман: Акмал Шораҳмедов – "Андижон"нинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  11 14:29Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  50

Bir o'yin tarixi. Alo Hubayl boshchiligidagi Bahrayn bilan raqobatning boshlanishi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Alo Hubayl boshchiligidagi Bahrayn bilan raqobatning boshlanishi

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar etti marotaba Osiyo kubogida ishtirok etgan.

1996, 2000, 2004, 2007, 2011, 2015, 2019. Barcha musobaqalarda guruh bosqichida qatnashgan jamoamiz 3 bor chorak final, bir marotaba yarim final, bir marotaba nimchorak finalga yo'llanma olish barobarida va ikki bor guruhdan chiqa olmagan.

Dastlabki ikki turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchragan terma jamoamiz 2004 yil Xitoyda o'tkazilgan qita chempionatida ilk bor guruhdan chiqib chorak final chiptasiga ega bo'lgandi. Biroq, hozirgiga qaraganda o'sha davrlarda kuchli va yuqori saviyadagi Bahrayn qarshiligini enga olmagandik. Guruh raundida juda ajoyib o'yin o'tkazgan, o'z darvozasi daxlsizligi saqlab qolgan jamoamiz Iroq, Saudiya Arabistoni, Turkmanistonni bir xil 1:0 hisobida taslim qiladi. Mirjalol Qosimov va Aleksandr Geynrixning jarima zarbalaridan urgan betakror gollari bizga umumiy to'qqiz ochkoni tortiq qiladi. Bosh murabbiy sifatida Ravshan Haydarov ish olib borsada asosiy qarorlarni yordamchi murabbiy germaniyalik Yurgen Gyode qabul qilardi. Umuman olganda ushbu musobaqaga terma jamoa bir qancha yo'qotishlar bilan keladi. Maksim SHackix mamlakatda tarqalgan parranda gripi tufayli musobaqaga borishdan bosh tortgan.


SHuningdek, Vladimir Maminov, Oleg Poshinin, Jafar Irismetov ham turli sabablarga ko'ra yakuniy tarkibdan joy olmagandi. Ularning o'rniga kichik jahon chempionatida qatnashgan Aleksandr Geynrix, Ildar Magdeev, Islom Inomov, Ilyos Zeytullaev jalb qilinadi. Bahrayn bilan kechgan chorak final turnirdagi eng qiziqarli va shiddatli uchrashuvlardan biri bo'lgandi. Raqib safida Alo Hubayl, Talal Yusuf, Said Farhan kabi nomdor o'yinchilar bor edi.

Bizning tarkibimizni kuchsiz deb bo'lmasdi. Jamoa sardori Mirjalol Qosimov, himoyada Andrey Fyodrov, saralash bosqichida ko'plab gollar urgan Vladimir SHishelov darvozada bo'ydor Evgeniy Safonov hujum chizig'ida Anvar Soliev harakat qilardi. Birinchi bo'limdan so'ng tabloda 0:0 hisobi turardi. Ikkinchi bo'limda biz ham, bahrayinliklar ham ochiq futbol ko'rstishga kirishib ketishadi. 60-daqiqada yosh Geynrix jarima zarbasidan to'p kiritib hisobni ochadi. Ammo, xursandchilik uzoqqa cho'zilmaydi. 71-daqiqada qanotdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Alo Hubayl etib keladi oradagi farqni yo'qqa chiqaradi.


Bu vaziyatda himoyachilar diqqatni yo'qotgandi 76-daqiqada uning o'zi ikkinchi to'pni kiritib jamoasini oldinga olib chiqadi. Markazda futbolchilarimizning to'p oshirishdagi xatosidan so'ng raqib o'ng qanotdan tezkorlik bilan hujumga o'tadi va markazdagi hujumchi Alo Hubaylga to'pni etkazi beradi. Uni esa himoyachilar yana etiborsiz qoldirishadi O'yin asosiy vaqti tugashiga to'rt daqiqa qolganida Vladimir SHishelov gol urib muvozanatni tiklaydi. Jamoadoshining ajoyib pasidan keyin ikki himoyachini ortda qoldirgan SHishelov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib boradi va gol uradi.

Uchrashuvning dastlabki qismi durang bilan yakunlanganch hakam CHon CHul Kvon jamoalarni qo'shimcha ekstra taymlarga taklif qiladi. Qo'shimcha bo'limlarda vakillarimiz katta ustunlikka ega bo'lsalarda, raqib darvozasiga yo'l topa olmaydilar. Natijada barchasini penaltilar seriyasi hal qiladi. Afsuski, unda futbolchilarimizga omad kulib boqmaydi. Yakuniy zarbani yo'llashda Leonid Koshelev xatoga yo'l qo'yadi. Yakunda o'yin qahramoni Alo Hubayl oxirgi zarbani bexato tepadi. SHu tariqa Bahrayn yarim finalga yo'l oladi. Biroq, Yaponiyaga qo'shimcha bo'limlarda 3:4 hisobida mag'lub bo'ladi. Keyingi yillarda ham bu yurt terma jamoasi bilan 2006, 2010, 2018 yilgi Jahon chempioanti saralash o'yinlarida to'qnash keldik. Ammo, bugun eslab o'tgan o'yinimiz Bahrayn bilan yo'llarimiz kesishini boshlab berdi.


Osiyo Kubogi-2004. CHorak final.
O'zbekiston – Bahrayn. 2:2, penaltilar seriyasi - 5:6
30.07.2004. CHendu (Xitoy). “Longjuan” stadioni
Bosh hakam
: CHon CHul Kvon (Janubiy Koreya)

Gollar: Aleksandr Geynrix (60), Vladimir SHishelov (86) – Alo Hubayl (71, 76)

O'zbekiston: 21. Evgeniy Safonov, 3. Andrey Fyodrov, 24. Asror Aliqulov, 28. Aleksey Nikolaev, 4. Mirjalol Qosimov (6. Leonid Koshelev, 106), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Marat Bikmaev, 83), 7. Andrey Akopyanc, 9. Anvar Soliev (20. Eldor Magdeev, 33), 11. Vladimir SHishelov, 15. Aleksandr Geynrix


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика