Bir necha daqiqadan so'ng anjuman. Lopetegi bugunoq Ispaniya terma jamoasini tark etishi mumkin
13 iyu 2018 13:28
Yangiliklar
Bir necha daqiqadan so'ng anjuman. Lopetegi bugunoq Ispaniya terma jamoasini tark etishi mumkin
Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti Luis Rubiales milliy jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va uning "Real"ga o'tishi borasidagi vaziyatdan norozi.
Malumotlarga ko'ra, mutaxassisning Ispaniya terma jamoasidagi kelajagi so'roq ostida - uni bugunoq jamoadan chetlatishlari mumkin.
Rubialesning fikricha, JCHdan oldin qarorni elon qilish sotqinlik. U Krasnodarga etib borishidan avval Lopetegidan istefo so'ragan, biroq tashkilotning boshqa azolari uni to'xtatib qolgan.
Bugun Toshkent vaqti bilan 13:30da Lopetegi va Rubiales "Krasnodar" bazasida matbuot-anjumani o'tkazadi. Unda mutaxassis istefoga chiqarilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, kecha Lopetegi JCH-2018dan so'ng "Real"ni boshqarishi elon qilingan edi.
Fikrlar