So’nggi yangiliklar

08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  5 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   0 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  4 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  63 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  1 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  48 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  6 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  3 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  74 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5 21:26"Сурхон" ўз сафига икки россиялик футболчини қўшиб олди  8 21:10ОФК ЭЧЛ. "Ал Айн" ўз уйида Қатар жамоасига мағлуб бўлди  7

Bir mavsumda 3ta klub musobaqalardan chiqib ketdi, muammoning echimi qaerda? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Bir mavsumda 3ta klub musobaqalardan chiqib ketdi, muammoning echimi qaerda? (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  PRO-liga
9-iyul. Milliy chempionatlarimiz malum muddat yozgi tanaffusga chiqqanligi bois qoldirilgan "Nasaf" - "Mashal" uchrashuvini ko'pchilik katta qiziqish bilan kutayotgandi.

Nega deganda futbolning jozibasidan bahramand bo'lib yurgan kishi o'yinlarni tez sog'inadi. Biz ham ko'pchilik qatori ushbu sanani, aniqrog'i Qashqadaryo derbisini intiqlik bilan kutayotgandik. Ayni kunlarda kuchli beshlik chempionatlari ham to'xtagan, bizni futbol havosidan Evropa chempionati ham yakuniy pallasiga kelib ulgurdi. SHunday ekan, o'yinlar soni kam bo'lib turgan vaqtda qoldirilgan "Nasaf" - "Mashal" uchrashuvi xuddi final o'yini kabi qaysidir manoda orziqib kutilgan bellashuv edi. Ayni shu o'yin boshlanishi arafasida o'zbek futboliga befarq bo'lmagan har qanday muxlisning dilini xira qiladigan xabarlar elon qilindi. Dastlab Birinchi liga vakili "Rubin" musobaqadan chetlatilgani va klubni hududiy futbol associaciyalar tomonidan tashkil etiladigan chempionatlarda ishtirok etishi tavsiya etilgan rasmiy bayonot elon qilingan bo'lsa, oradan bir oz vaqt o'tib Pro-liga vakili "Oq-tepa" klubi rahbari Alisher SHog'ulomov saytimiz muxbiriga jamoani tamomila yopilganini malum qildi. Xabaringiz bor, avvalroq Farg'onaning "Istiqlol" klubi ham moliyaviy muammolar sabab Pro-liga ishtirokchilari safidan chiqarilgan va jamoaning barcha natijalari bekor qilingandi. Bir mavsumning o'zida 3 ta jamoa. Bu ko'p emasmi do'stlar?

O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev tabiri bilan aytganda, bu do'ppini echib qo'yib atroflicha o'ylab ko'riladigan masalalar. Aksariyat muxlislar mazkur holatga o'z munosabatini bildirganlarida O'FA va O'zPFLni ko'proq aybdor sanamoqdalar. Bunga qisman qo'shilaman, qisman. Nega deganda "Oq-tepa" klubi rahbari Alisher SHog'ulomov aynan badal pullarining to'lov muddatini kechiktirilishiga O'zPFLning ruxsat bermagani yuzasidan muxlislar fikriga qo'shilsa bo'ladi. CHunki bu holatda klub yopilsa, o'sha bugunga qadar ko'p bora eshitganingiz yoshlarning ishsiz qolishi masalasiga beixtiyor birinchi planga chiqib qolaveradi. SHu jihatdan bu borada musobaqa tashkilotchilarini ayblayotgan muxlislarni ham tushunsa bo'ladi. Yani O'zPFL klubning badal pullarini kechiktirilishiga ruxsat berganida hozir jamoa yopilmagan, yuqorida tilga olganimiz - bir qator yoshlar ish bilan band bo'lishar edi.

O'z fikrimga o'zim qarshi chiqib masalani ikkinchi tomondan ham izohlab berishim mumkin, mazkur holat bo'yicha O'zPFL yoki O'FA aybdor emas deb ham hisoblayman. Sababi qatiy amal qilinadigan Reglament. Bunda kim kimligidan qatiy nazar barcha birdek bo'ysunishi shart bo'lgan qoidalar va talablar bor. Badal pulini belgilangan muddatda barcha klublar to'lashlari shart. O'zPFL ham ushbu Reglamentdan chiqib keta olmaydi. Avvallari ko'rganman, istisno tariqasida moliyalashtiruvchi manbaning (aniq muddati ko'rsatilgan) kafolat xati orqali badal puli to'lovlari bir oz muddatga kechiktirilishiga ruxsat berilardi. Bu istisno qarorlar ham yana o'sha gap, yoshlarning ish bilan bandligini taminlash borasida amalga oshirilardi.

Etibor bergan bo'lsangiz, hozirga qadar milliy chempionatlarimizni tark etgan "Istiqlol", "Oq-tepa" va Rubin bular barchasi xususiy klublar. Bir jamoa tashkil qilish va uni turli musobaqalarda ishtirok etishini taminlashning qay darajada mashaqqatli ekanligini boshidan o'tkazganlar yaxshi bilishadi. Tanqid yoki munosabat bildirishdan osoni yo'q, lekin o'sha klublarga siz yoki men biron so'm berib ko'maklasha olmaymiz. Klub xususiy bo'lsa, ortidan "mana senga falon so'm" deya uzatib turadigan moliyaviy taminotchisi yo'q bo'lsa juda qiyin. SHu sababdan bir kun kelib to'liq erishishishni orzu qilayotganimiz - xususiy klublarga turli ayblovlarni yog'dirayotganlarni hech tushunmayman, tushunmasam ham kerak. CHunki klub xususiy bo'lsa davlatga boqimanda bo'lmaydi, o'zining aravasini o'zi tortadi. Bor imkoniyatini ishga solib o'zi tortadi. Ular ayrim jamoalar oldida kamtarona (balki noprofessional) ko'rinishi mumkindir, lekin eng muhimi boqimanda emas.

"Oq-tepa", "Istiqlol" va "Rubin" klublarining o'yinlarini kuzatganman, ular quvnoq futbol namoyish etishardi. Ko'proq "Oq-tepa" va "Istiqlol" ishtirokidagi uchrashuvlarini ko'rganim bu jamoalardan Pavel Purishkin (2019-yilgi mavsum Pro-liga to'purari) va Anvar Hojimirzaev (2021-yilgi ananaviy "Hokim kubogi" musobaqasining eng yaxshi futbolchisi) larning muxlisiga aylangandim.

Bugungi kunning og'riqli masalasiga aylanib turgan klublarning musobaqalarni tark etishi bilan bog'liq holat bo'yicha echim ham bo'lishi kerak. Birinchi navbatda imkoniyatdan kelib chiqib xususiy klublar badal pullaridan to'liq yoki qisman ozod etilishi maqsadga muvofiq bo'lardi. Har holda O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev vaqti kelib bunga erishilishi yo'lida izlanayotganligini ko'p bora takidlagan. Albatta bunday vaziyatda o'sha xususiy klubning maqsadi va rivojlanish strategiyasi mutaxassislar ishtirokida o'rganib chiqilishi lozim bo'ladi. Ikkinchi navbatda esa klublarda media va marketing tizimlari faoliyati professional tarzda yo'lga qo'yilishi shart. CHunki klublardagi ushbu sohaning samarali ishlashi jamoa atrofidagi voqeliklarni ko'proq odam ko'rishiga omil bo'ladi. Jurnalistlar tili bilan aytganda "prosmotri" yuqori ko'rinishga keladi. O'z brendining hamma joyda aylanishi, reklama bo'lishi tabiiy holda klubga homiylarning qiyinchiliksiz jalb etilishiga sabab bo'ladi. Ochig'i, "Piar texnologiya" iborasini yaxshi ko'raman, chunki hozirgi kunning, zamonning talabi shunday. Marketing yaxshi ishlasa, klub moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga kamroq duch keladi. Yodingizdami, bir vaqtlar Namanganning "Navbahor" klubi taniqli aktyor Alisher Uzoqovni "Piar texnologiya bo'yicha mutaxassis" sifatida jalb etgan. Garchi "Navbahor" xususiy klub bo'lmasa ham bu marketing rivoji uchun eng to'g'ri yo'l edi.

Bekzod Tolibov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика