So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  1 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  0 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  4 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  1 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   11 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  13 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  3 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  51 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0

Bir klub tarixi: "Galatadagi saroy" Yangiliklar

Bir klub tarixi: "Galatadagi saroy"

"Championat.asia"da "Bir klub tarixi" rukni davom etadi.

Osiyo va Evropaga ko'prik vazifasini o'tovchi, dunyoning eng yirik megapolislaridan biri bo'lgan Istambul shahrining Galata atalmish mavzesida turk futboli bayroqdori, mamlakatning 23 karra chempioni "Galatasaroy" jamoasi faoliyat olib boradi.


"Sariq-qizillar"larning turk futbolidagi roli salmoqlidir. Jamoa nafaqat mamlakatning yuzi, balki professional darajada faoliyat yuritadigan dunyodagi eng mashhur top klublardan biri hisoblanadi. Galataliklarning ichki chempionatdagi har bir o'yini katta qiziqish va o'zgacha intiqlik bilan kutiladi. Azaliy raqiblari "Fenerbaxche" va "Beshiktosh" kabi jamoalar bilan bo'ladigan "qonli derbi"lari esa xorijiy telekanallar orqali jonli olib ko'rsatiladi. Xullas, kuchli intriga, mashxurlik, fanatizm, jamoaviy o'yin va chempionlik ruhi - bularning barchasi "Galatasaroy"da mujassam!

Mazkur hikoyamiz orqali Istambulning "Galatasaroy" jamoasi haqida suhbat quramiz.



Klub tarixi

"Galatasaroy" klubi 1905 yil asli kelib chiqishi etnik alban bo'lgan futbolchi Ali Sami Ien boshchiligida bir guruh istambullik maktab o'quvchilari tomonidan havaskor jamoa sifatida tashkil topdi. Jamoa boshlanishiga asosan mahalliy, o'z tasnifidagi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilgan holda faoliyat yuritar edi. 1912 yildan keyingina klubga rasmiy maqom berildi va dastlab Istambul hududiy ligasida kuch sinashib yurishadi hamda bir necha bor chempion bo'lishga ham erishadi. 1939 yilga kelib klub birinchi chempionlikni tantana qildi. "Sariq-qizillar" 1952 yilga kelibgina professional maqomda faoliyat olib borishni boshlagan. 1961 yilda esa klub ikkinchi bor mamlakat chempioni bo'ldi va bunda o'sha vaqtdagi klub bosh murabbiyi Gyundyuz Kilichning mexnati salmoqli edi. XX asrning 70 yillaridan keyin klub rahbariyati jamoa boshqaruviga asosan xorijiy murabbiylarni olib kelishadi. Jumladan, xorvatiyalik Toma Kaleperovich, Buyuk britaniyalik Brayan Birch, germaniyalik Yupp Derval, Karl Xanc Feldkamp, Reynar Xolmann kabi xorijiy murabbiylar qo'l ostida jamoa mamlakat chempioniga aylangan.


Klub asoschisi Ali Sami Ien va birinchi qaldirg'ochlar (1908 yil)


Klubning yutuqlari:


Turkiya chempioni: (23 marta)
1939,1962, 1963, 1969, 1971, 1972, 1973, 1987, 1988, 1993, 1994, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2006, 2008, 2012, 2013, 2015, 2018, 2019 yillardagi mavsum.
Turkiya kubogi sohibi: (18 marta)
1963, 1964, 1965, 1966, 1973, 1976, 1982, 1985, 1991, 1993, 1996, 1999, 2000, 2005, 2014, 2015, 2016, 2019 yillardagi mavsum.
Turkiya superkubogi sohibi: (16 marta)
1966, 1969, 1972, 1982, 1987, 1988, 1991, 1993, 1996, 1997, 2008, 2012,
2013, 2015, 2016, 2019 yillardagi mavsum.
UEFA kubogi sohibi: (1 marta)
2000 yildagi mavsum.
UEFA superkubogi sohibi: (1 marta)
2000 yildagi mavsum.
"Otaturk" kubogi sohibi: (2 marta)
1963, 2000 yillardagi mavsum.

Asr oxiridagi gegemonlik yohud "Imperator imzosi"

XX asrning oxirgi o'n yilligi istambulliklar uchun ancha omadli kechdi. Ushbu muvaffaqiyatlarda esa o'sha vaqtlardagi klub bosh murabbiyi, "Imperator" nomi bilan tanilgan Fotix Terimning hissasi katta bo'ldi. Ayniqsa, ketma-ket to'rt marta mamlakat chempioni, uch bora kubok va ikki marta superkubok sohibiga aylanishida Terimning kuchli xarakterli jangovor taktikasi sabab bo'ldi. Klubdagi qattiq intizom, tartibli himoya va jamoaviy uyin xalqaro maydonlarda ham natija bera boshladi.


"Imperator Terim"

Qolaversa, istambullik muxlislarning jamoaga bo'lgan mehri va kuchli tarafkashligi klubni yanada ruhlantirardi. 2000 yilgi mavsum "sariq-qizillar"ning hozirgi kunga qadar faxr bilan tila oladigan muvaffaqiyatlari bilan esda qoldi. O'sha mavsumda jamoa mamlakatdagi chempionlik va kubokdagi g'alabalar bilan cheklanib qolmadi. UEFA kubogida "Arsenal" ustidan qo'lga kiritilgan yutuq istambulliklarning eng yirik zafarlaridan biri bo'ldi. Kopengagen finali turk va inglizlarning nafaqat futbol maydonidagi balki klub fanatlarining maydon tashqarisidagi "hisob-kitob"lari bilan yodda qoldi. O'yin oldidan va o'yindan so'ng muxlislar tomonidan tartibsizliklar avj oldi. Mahalliy policiya vaziyatga aralashishiga to'g'ri keldi. Yuzdan ortiq muxlislar jarohatlandi, stadion tribunalariga ziyon etkazildi hamda ko'plab "ashaddiy" muxlislar mamlakatdan deportaciya qilindi. SHuningdek, o'sha yilning avgust oyidagi UEFA superkubogi bahsida "Real" jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba istambulliklarning "farahbaxsh yili"ga yana bir bezak berdi deyish mumkin. Monako knyazligidagi "Lui II" o'yingohida bo'lib o'tgan bahsda Jardelning dubli evaziga ajoyib g'alabaga erishildi. "Qirollik klubi" hujumchisi afsonaviy Raul Gonsales tomonidan yagona urilgan gol esa madridliklar uchun etarli bo'lmadi.


Kopengagen finalidagi g'alaba quvonchi (2000 yil)


"Avrupa Fatihi Sari-Kirmizililar"


Turk futbolida nomdorligi va takrorlanmas o'yin uslubiga ega mazkur jamoaning rahbariyati hamisha transfer siyosatini oqilona olib boradi. Klubga olinadigan futbolchilardan tortib, bosh murabbiy tayinlash masalasiga o'zgacha masuliyat va professional tarzda yondashiladi. Top darajadagi futbolchilar va tajribaliy murabbiylar bilan uzoq yillik shartnomalar imzolanadi va moliyaviy taraflama chiqimdan qochilmaydi. Albatta, shunga yarasha natija ham talab qilinadi. Klub tarixiga etibor bersak, 23ta chempionlikdan 10tasi xorijiy murabbiylar boshchiligida qo'lga kiritilganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Jumladan, B.Birch, YU.Derval, K.Feldkamp, R.Xolmann, M.Luchesku, E.Gerec kabi mutaxassislar "sariq-qizillar"ni chempionlik sari etaklagan. SHuningdek, kubok sohibi bo'lishida Z.Xeld, G.Suness, G.Xadji, R.Manchini, YA.Rikernik singari xorijlik murabbiylarning salmoqli mehnati katta rol o'ynagan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, klub rahbariyati murabbiy tanlashda adashmasligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Natijalar buni aytib turibdi. Xullas, jamoa muxlislari tili bilan aytganda - "Avrupa Fatihi Sari-Kirmizililar".

"Istambulcha muxlislik"dan Ginnes rekordlarigacha

Ko'pchilik insonlar "Istambul derbisi"da futbolnigina emas, muxlislarning o'zaro "bellashuvi"ni ham ko'rishga odatlanishgan. "Fenerbaxche", "Beshiktosh" va "Galatasaroy" klublarining o'zaro to'qnashuvlari kamdan-kam holatlarda talofatsiz va tinch o'tganiga guvoh bo'lishadi. Bu jamoa ishqibozlari bir-birlariga nisbatan keskin agressiv munosabatlarni saqlab kelishadi. Bazida bu to'qnashuvlar ginnes rekordlari kitobiga ham kirganiga guvoh bo'lganmiz. Jumladan, 2011 yil 18 mart kuni ichki chempionatning 26-turidan o'rin olgan "Fenerbaxche"ga qarshi kechgan bahsda "Galatasaroy" muxlislari ajoyib atmosfera yaratishdi. Klub fanatlari tomonidan tashkil qilingan shovqin decibeli 131,76 ni tashkil etdi va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu ko'rsatkich bilan barcha sport musobaqalari tarixida amalga oshirilmagan tarafkashlik qayd etishdi.


Klub jonkuyarlari


Agar siz biror yumush yoki sayohat sabab Istambulga tashrif buyursangiz Galatadagi o'sha mashhur minoraga borishingizni maslahat beraman. Sal kam etti asrlik minoraning hashamati, viqori va osmonga tik tutgan qaddi - "Galatasaroy"ning timsolidir.



Etiboringiz uchun rahmat!


Farruh Doniyorov


"Championat.asia"da yangi rukn: Bir klub tarixi. "Dortmund vulqoni"

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика