So’nggi yangiliklar

07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  2 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4

Bir-ikki, bir-ikki... Yangiliklar

Bir-ikki, bir-ikki...

5 sentyabrdan jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichiga start beriladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bu oy ikkita rasmiy bahsda maydonga tushadi. Vakillarimiz dastlab 5 sentbyar kuni uyda KXDR termasini qabul qilsa, 10 sentyabr mehmonda Qirg'iziston bilan o'ynaymiz.


Saralashning shu bosqichi biz uchun juda muhim hisoblanadi. CHunki guruhda 1-2 o'rinlardan birini egallab to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga borishimiz mumkin.


Eslatma tarzida ushbu bosqichdagi saralash formatini yana bir bor yodga olib o'tamiz. Demak, uchinchi bosqichda 18ta terma jamoa kurash olib boradi. Jamoalar 6tadan 3 guruhga bo'lingan. 



A guruhi: Eron, Qatar, O'zbekiston, BAA, Qirg'iziston, KXDR.

B guruhi: Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya, Ummon, Falastin, Quvayt. 

C guruhi: Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya.


Har bir guruhdan 1-2 o'rin egalari jahon chempionatiga yo'l oladi. SHunday ekan, biz uchun saralashni kamida ikkinchi o'rinda tugatish juda muhim. Raqiblarimiz anoyi emas. Eron bilan allaqachon yaqindan tanishib ulgurganmiz. Negaki oxirgi paytlarda saralashda doim shu jamoa bilan bir guruhga tushyapmiz. Qatar oxirgi ikkita Osiyo chempionati g'olibi. BAA termasi hozir qanday ahvolda bilmadig-u, lekin bu mamlakatning kuchli klublaridan biri "Al Ayn" 2024 yilgi Osiyo chempionlar ligasida zafar quchdi. Jamoa tarkibida milliy termaga nomzod futbolchilar o'ynaydi. Yon qo'shnimiz Qirg'iziston bilan KXDR esa tarkib va mahorat bobida bizdan ustun emas, biroq ular ham oxirigacha kurashishi aniq.


Uchinchi bosqichga qura tashlanganidan beri format o'ta qulayligi ko'pchilikning xayolidan ketmayapti. To'g'risi, o'zimiz ham doim shuni o'ylab yuribmiz: bir-ikki, bir-ikki. Yani, guruhda 10ta o'yin o'tkazib, yakunda birinchi yo ikkinchi o'rinni qo'lga kiritsak bo'ldi, marra bizniki. Ammo bu oson bo'lmasligini ham bilamiz. CHunki biz kabi boshqalar ham shuni o'ylaydi.


Bu bosqichda jamoalar uchta guruhda kurash olib borishi hamda 1-2 o'rinlar jahon chempionatiga chiqishini hisobga olsak, 3-4 o'rindagilar saralashning keyingi bosqichiga yo'l oladi. Va aytishimiz mumkinki, keyingi ikkita bosqich bundan-da qiyin bo'ladi. CHunki keyingi bosqichda 6ta jamoa 3tadan ikki guruhga bo'linadi. Faqat birinchi o'rinlar mundial yo'llanmasiga ega bo'ladi. Ikkita ikkinchi o'rin egalari esa 5-bosqichga yo'l olishadi. Beshinchi bosqichda ikkita ikkinchi o'rin egasi bir-biri bilan o'ynab, g'olib jamoa qitalararo pley-offga boradi. Qitalararo pley-offda Afrika, Janubiy Amerika, SHimoliy Amerika va Okeaniya jamoalari bilan o'tish o'yini bo'ladi. Ko'ryapsizmi, agar shu bosqichdan o'ta olmasak, keyingilari juda qiyin bo'ladi.



Boshqalar kim bilan o'ynaydi?


Demak, 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida KXDR termasini qabul qilamiz. Mana shu o'yin va undan keyin Qirg'iziston bilan kechadigan bahsda g'alaba qozonib, 6 ochkoni qo'lga kiritish biz uchun juda muhim. Oldimizdagi ikkita o'yinda 6 ochkoli bo'lishdan boshqa yo'l yo'q. CHunki keyingi bahslarda yanada kuchliroq raqiblar bilan o'ynaymiz.


Guruhdagi raqibimiz Eron ilk turni o'z maydonida Qirg'izistonga qarshi o'tkazadi. Qatar esa BAA termasini mehmon qiladi. 10 sentyabr kuni KXDR "uyda" Qatarni qabul qilsa, Eron mehmonda BAA bilan o'ynaydi. Darvoqe, KXDR Qatarga qarshi uy uchrashuvini betaraf maydon - Laosdagi Milliy stadionda o'tkazadi. SHimoliy koreyaliklar avvalgi bosqich uy uchrashuvlarini shu stadionda o'tkazishgandi.


Malumot o'rnida har uchala guruhdagi 1-tur juftliklarini keltirib o'tamiz. 


5 sentyabr. O'zbekiston - KXDR

5 sentyabr. Eron - Qirg'iziston

5 sentyabr. Qatar - BAA

5 sentyabr. Janubiy Koreya - Falastin

5 sentyabr. Iroq - Ummon

5 sentyabr. Iordaniya - Quvayt

5 sentyabr. Yaponiya - Xitoy

5 sentyabr. Avstraliya - Bahrayn

5 sentyabr. Saudiya Arabistoni - Indoneziya


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика