So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Bir guruh o'zbek sporti fidoyilariga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi Yangiliklar

Bir guruh o'zbek sporti fidoyilariga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi

Bu haqda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi matbuot xizmati malum qildi.

"O'zbekiston sport faxriylari kengashi muntazam ravishda sportimiz rivojiga hissa qo'shgan fidoyilarga etibor ko'rsatib keladi. Tashkilot yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan faxriy ayollarimizga bayram sovg'alarini ulashdi. SHuningdek, tadbirning ikkinchi qismida bu yil o'zining 20-yilligini nishonlayotgan O'zMTRK qoshidagi “Sport” teleradiokanalining faxriy ijodkorlari hamda faoliyatini sog'lom turmush tarzi va sport targ'ibotiga bag'ishlagan bir guruh soha fidoyilariga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi.

Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o'tgan tadbirda Sport vazirining o'rinbosari Durdona Rahimova, O'zbekiston Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, ustoz-murabbiylar hamda bir guruh Olimpiya harakati targ'ibotchilari ishtirok etishdi. Durdona SHukrullaevna tadbirni ochib berar ekan, mamlakatimizda xotin-qizlar sportining rivojiga qaratilayotgan etibor, faxriylarimizning ibratli hayot yo'li, ular tomonidan bugungi yutuqlarimiz uchun qo'yilgan poydevor haqida gapirib o'tdi. O'z navbatida, Bahodir Maxsitovich umrini sog'lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilishga bag'ishlagan ustoz ijodkorlarni etirof etdi. Qolaversa, sport sohasida xizmat qilgan va hozir ham faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan qutladi.

SHundan so'ng, sport sohasining fidoyi onaxonlariga esdalik sovg'alari, ustoz ijodkorlarga esa “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishonlari taqdim etildi. Tadbir qatnashchilari davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan bunday etibor va g'amxo'rlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Yakunda faxriylarimiz xalqimiz va yurtimiz farovonligi uchun qo'llarini duoga ochishdi", -deyiladi O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика