So’nggi yangiliklar

19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  0 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  2 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  4 18:10"Ал Батеҳ" — "Ал Жазира". Ғаниев ва Фекир асосий таркибда  0 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  1 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  5 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1

“Bir futbolchi tarixi”. Zaxira futbolchisidan terma jamoa sardoriga aylangan Artyom Dzyuba haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Zaxira futbolchisidan terma jamoa sardoriga aylangan Artyom Dzyuba haqida

2018 yilgi Jahon chempionatidan oldin qaysi terma jamoaga muxlislik qilishni bilmay, qaysi bir futbolchining personal muxlisi bo'lishim haqida o'ylab ko'rgandim.

Messi va Ronaldu “erasi”ga 10 yil bo'lgan, bundan esa biroz zerikkan, yangi, yosh Mbappe-yu, Reshfordlar o'z kuchini avvalroq ko'rsatganini ko'rgan yosh bola uchun JCH-2018 ni eslagan ko'z oldiga keladigan qahramon bo'lish kerak edi. Ushbu qahramon esa nimchorak finalga kelibgina topildi men uchun. Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba. 

CHerchesovni Dzyuba harbiychasiga “chest” berishi va undan keyin Dzyubaning o'zi hamisha gol urgach muxlislarga “chest” berishi, jamoasining eng qiyin pallasida yordam bera olishi men uchun esda qolgan edi. Garchi chorak finalda Rossiya turnirni tark etgan bo'lsa-da Dzyuba man uchun turnir qahramoni bo'ldi. SHundan so'ng uni klub safida ham o'yinlarini kuzata boshlagan edim. Bugun rossiyalik iqtidor haqida so'z yuritamiz. 


Artyom Dzyuba – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1988 yilning 22 avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida dunyoga kelgan. Otasi Sergey Dzyuba Ukrainaning Poltava viloyatida tug'ilgan. U policiyachi bo'lib ishlagan. Onasi Svetlana Aleksandrovna CHuvashiyaning Tsivilsk shahrida tug'ilgan. U oziq-ovqat do'konida sotuvchi bo'lib ishlagan. Ularning oilasida Artyomdan boshqa bir nafar qiz farzand ham bor. 


Klublardagi faoliyati haqida

Dzyuba 8 yoshida “Spartak” akademiyasiga keldi. Futbolchi 2005 yilda jamoaning kattalar jamoasiga o'tdi. Artyom jamoadagi ilk uchrashuvini “Ural”ga qarshi Rossiya Kubogi doirasidagi o'yinda, chempionatda esa “Saturn” jamoasiga qarshi o'yinda debyut uchrashuvini o'tkazdi. Futbolchi 2006 yilgi mavsumda jami 8 o'yin o'tkazdi, biroq gol ura olmadi. 

2007 yilgi mavsumda futbolchi barqaror tarzda o'yinlarda ishtirok eta boshladi. Barcha turnirlarda 27 uchrashuvda 5 ta gol urdi.

2009 yilgi mavsumni Dzyuba “Spartak”da boshladi. Ayni shu mavsumda bo'lib o'tgan Avstriyadagi yig'inda Artyom Dzyubaning jamoadoshi Vladimir Bistrovning 23 ming rubli yo'qolib qoladi. Artyomning cho'ntagidan esa shuncha miqdorda pul chiqadi. Bistro esa Dzyubani ayblaydi.  “Spartak” esa Bistrovning tarafida bo'ladi, Dzyuba esa “Tom”ga ijaraga beriladi. Ikkinchi davrani futbolchi “Tom”da o'tkazdi. 3 oktyabr kuni “Saturn”ga kechgan bahsda futbolchi dubl qayd etdi. 2010 yilda ham u “Tom” safida o'ynadi. Bir mavsumda 10 ta gol urgan futbolchi, mavsum so'nggida “Spartak”ga qaytdi. U 2011/12, 2012/13 yilgi mavsumlarni “Spartak”da o'tkazdi. Ikki mavsumda 84 o'yinda maydonga tushib, 18 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

2013 yilning 1 iyul kuni u “Rostov”ga ijara asosida o'tdi. 15 iyul kuni jamoa safida debyut qildi. “Terek”ga qarshi kechgan uchrashuvda u ikkita gol urdi. 27 iyul kuni esa “Tom”ga qarshi kechgan bahsda xet-trik qayd etdi. “Rostov”da o'tgan muvaffaqiyatli mavsumdan keyin Dzyuba “Spartak”ga qaytdi va “Rubin”ga qarshi kechgan dastlabki o'yinda ikkita gol urdi. 2015 yilning so'nggida futbolchining Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga o'tishi haqida gap-so'zlar tarqaldi. Biroq bu xabarlar asossiz bo'lib chiqdi. 2015 yilning yanvarida “Zenit” Artyomga 3,3 million evro evaziga 5 yillik shartnoma taklif qildi va bunga Dzyuba rozi bo'ldi. 6 fevral kuni esa shartnoma imzolandi. 19 iyul kuni “Zenit” safidagi ilk o'yinida maydonga tushdi. U Moskvaning “Dinamo”siga qarshi bahsda debyutini nishonladi. Bir hafta o'tgacha, “Ural” bilan bo'lgan bahsda futbolchi ilk golini urdi. 2015/16, 2016/17 yilgi mavsumlarni to'liq “Zenit”da o'tkazgan futbolchi, jami 78 bahsda, 37 golning muallifi bo'ldi. 2017/18 yilgi mavsumining yarmida futbolchi “Arsenal Tula” jamoasiga ijaraga berildi. 2018 yilgi Jahon chempionatidan so'ng esa u yana Sankt-Peterburgga qaytdi.

2018 yil 31 yanvarda u "Arsenal Tula" ga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan bo'lsa, 9 mart kuni Artyom "kanonirlar" darvozasiga birinchi golni urdi.

2019 yil 4 may kuni, 27-turdan so'ng "Zenit" muddatidan oldin 2018/19 yilgi mavsumning RPL g'olibiga aylandi. Artyom Dzyuba o'z karerasida birinchi marta Rossiya chempioni bo'ldi.


Terma jamoadagi faoliyati

2009 yilda u Rossiya yoshlar jamoasiga chaqirildi. 2011 yilda esa Rossiyaning ikkinchi milliy jamoasiga chaqiruv oldi. O'sha yilning noyabr oyida u Rossiyaning asosiy terma jamoasiga Greciya bilan o'rtoqlik uchrashuviga chaqirildi. 2018 yil 3 iyun kuni u terma jamoaning Rossiyadagi Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritildi. 14 iyun kuni Rossiya Saudiya Arabistoni termasi bilan o'ynagan chempionatning ochilish o'yinida u 70-daqiqada Fyodor Smolovning o'rniga maydonga tushdi va bir daqiqadan so'ng u gol urdi. U chempionatni zaxira futbolchisi sifatida boshlagan bo'lsa-da, hozirgi kunda terma jamoaning sardori. 

U Jahon chempionatidan so'ng bergan intervyusida terma ustozi CHerchesov haqida: “Murabbiy Stanislav Salamovich CHerchesov bizga shunday dedi: Sizlar jang maydonida oldingi qatorlarda turgan askarlar kabidirsiz va sizlarga ishonadiganlar soni juda kam. Maydonda faqat sizlar borsizlar, boshqa hech kim. Ushbu so'zlardan so'ng tushunib etdikki, biz maydonni yo sharaf bilan, yo haqorat bilan tark etishimiz mumkin. O'z navbatida biz futbolchilar ham davlatimiz bizdan faxrlanishini istardik. Yakunda esa sehrli turnir va sehrli hissiyotlarni boshdan kechirdik”, - degan edi. 


SHaxsiy hayoti

Artyom Dzyubaning ayoli Kristina bilan to'yi 2012 yilda bo'lib o'tgan. Ikki nafar o'gillari bor juftlikning. Nikita 2013 yilning 24 aprelida tug'ilgan, Maksim esa 2016 yil 25 fevralda tug'ilgan.


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика