So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

“Bir futbolchi tarixi”. Siz-u bizga tanish Kristian Eriksen haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Siz-u bizga tanish Kristian Eriksen haqida

Umr haqida juda ko'p gapiramiz, hayot qisqaligini ko'p bora bir-birimizga eslatib qo'yamiz.

Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, lekin ertanggi kun uchun intilaveramiz. 5 daqiqa, 5 soniyadan keyin nima bo'lishi, albatta, bizga qorong'i, shunday emasmi?!

3 kundan beri bir gap – Evropa chempionati. Ushbu turnirdagi qanday o'yin bo'lmasin, barchasi qiziq. Axir, unda Evropaning kuchli 24 terma jamoasi jalb etilganda. 1-turning afisha jihatidan maqtana olmaydigan, kamtarona o'tishi kutilgan Daniya – Finlyandiya uchrashuvi va undagi bir jarayon qandaydir daqiqa-yu, soatlarda ishoning, butun dunyoni larzaga soldi. Daniyalik Kristian Eriksen o'yin vaqtida maydonga yiqildi, uni futbolchilar o'rab oldi, tibbiyot xodimlar unga yordam berdi, stadionga yig'ilganlar-u, ekran ortidagi tomoshabinlar shokka tushib qoldi. CHindan ham yuqorida takidlaganimizdek, 5 soniyadan so'ng nima bo'lishini bilmaymiz. Eriksen esa nimasi bilandir barchani o'ziga jalb etib turardi. Bugun Kristian haqida suhbat quramiz. 

Futbolchining yoshlik vaqtlari

Futbolchi 1992 yilning 14 fevral kuni Daniyaning Middelfart shahrida tug'ildi. U yoshligida futbolchi bo'lishni orzu qilardi. Futbol doimo uning va oilasining bir qismi bo'lgan. Kristianning otasi hamda onasi Tomas va Dorte futbol o'ynashgan. 

Tomas Kristianning murabbiylaridan biri bo'lgan. 2004 yilda "Middelfart" 12 yoshgacha bo'lgan jamoasi Daniyada beshinchi o'rinni egalladi. Ular 5 yil ichida Fyunen mahalliy chempionatining 4ta mavsumida mag'lubiyatga uchrashmadi. 

"Bolaligida uni otasi shug'ullantirgan va bir futbolchi hech narsa qila olmasligini tushuntirgan. Eriksen hozirgacha bu qoidalarga amal qiladi. U o'smirligida atrofdagilar uning iqtidoridan hayratga tushardi. Biroq Kristian xotirjam yigitligicha qolgan. U doimo ko'p ishlab, o'zini tanqid qilardi" - deya esga oladi Daniya U17 terma jamoasi murabbiyi Glenn Riddersxolm.

Kamtarligiga qaramay Eriksen unda iqtidor borligini tushungan. Bir kuni mashg'ulot paytida Riddersxolm futbolchidan u qanchalik kuchli ekanligini bilishi haqida so'radi: "Kristian ko'zlarimga qaradida va bu hammaga malum narsadek gapirdi": "Ha, buni bilaman". Aynan shu narsa uni boshqa bolalardan ajratib turadi. Yigitcha bu haqida o'ylamagan va katta ahamiyat bermagan. Bu jihat uning rivojlanishiga imkon yaratgan".

Eriksen 13 yoshida "Odense"ga o'tadi va o'sha davrdan yirik klublarga bog'lanadi.

Klublardagi faoliyati haqida

Kristian uchun pul hech qachon birinchi o'rinda bo'lmagan. "Agar pul u uchun eng muhimi bo'lganida, Kristian "Ayaks"ga o'tmagan bo'lardi. U 16 yoshligida biz "Barselona", "CHelsi" va "Milan" bilan bog'langanmiz. Agar pul katta ahamiyatga ega bo'lganida, uch yil oldin u "Tottenxem" taklifini qabul qilmasdi. Unga dunyoning boy klublari qiziqish bildirgan. Biroq "Tottenxem" u o'tishni istagan yagona klub bo'lgan" - degan edi Kristian Eriksenning agenti 2016 yilda.

2008 yilda Eriksen "Ayaks"ga o'tadi. Xenmansenning fikricha, u to'g'ri qaror qabul qilgan. Kristian "Odense"ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin edi. Daniya klublari yoshlarga ishonishni yoqtirishmaydi, u xatto iqtidorli yigit bo'lsa ham.

Eriksen "Ayaks" sharafini himoya qilgan paytda "Manchester Siti" taklifini rad etgandi: "Har 6 oyda yangi futbolchilarni sotib oladigan katta klubga kelasan, agar boshidan o'z o'yiningni ko'rsata olmasang, ijaraga berib yuborishadi. Bu menga yoqmaydi. Men ko'proq maydonga tushishni istayman. O'sha payt 19 yoshda edi, shu sababli shoshilmaganman", deya xotirlaydi u.

Eriksen "Tottenxem"dagi birinchi mavsumida shunday gapni aytgan: "Men himoyaga yordam beradigan yoki u tomondan bu tomonga yuguradigan futbolchi emasman, menga to'p kerak". Keyin jamoaga Maurisio Pochettino keldi.

"Tottenxem" uslubi hammani pressing uyushtirishga majburlaydi, shu sababli bu jamoada shunchaki yurib bo'lmaydi. O'ninchi raqam poziciyasida o'ynagan paytlarim dam olish uchun vaqt bo'lardi, ammo hozir buning imkoni bor deb o'ylamayman. Doimo ko'p yugurganman. Biroq Pochettino xush ko'radigan agressiya meni o'zgartirdi" - deydi Eriksen.

Rivojlanishga Eriksenning mehnatkashligi ham yordam beradi. "Tottenxem" sobiq ustozi Tim SHervud quyidagi gaplarni aytgan: "Men uni zo'rg'a mashg'ulot maydonidan olib chiqardim: "Etar, Kristian, kech bo'ldi, uyga bor". Maurisio Pochettino ham shunga o'xshash so'zlarni Garri Keyn haqida aytgan.

2020 yilning 28 yanvar kuni Kristian Eriksen rasman "Inter" o'yinchisiga aylandi. 2020 yilning yozida yakuniga etadigan shartnoma tufayli oxirgi yarim yil daniyalik futbolchi uchun qiyin o'tdi. U na "shporlar" uchun hech nimaga chalg'imay, bor kuchi bilan o'ynay olmadi, na yangi jamoasini aniq bilolmadi. Eriksen "Madrid"ga o'tolmadi, "Tottenxem" esa Kristianning o'rnini to'liq egallashi kutilayotgan Jovanni Lo CHelsoni sotib oldi. Argentinalikning jamoaga moslashishi hamon davom etmoqda, lekin Maurisio Pochettino va Joze Mourinyu ketishi aniq bo'lgan Eriksenga asosiy rolni berishni istashmadi.

O'yin uslubi haqida 

Eriksen — ham vaziyat yaratishda, ham himoyalanishda top-darajada mehnat qiladigan kam sonli futbolchilardan biri. U APLga ko'chib o'tgandan (2013 yildan) buyon golli uzatmalar va zarba berish uchun qulay vaziyat yaratish bo'yicha etakchi hisoblanadi. Kristianning golli uzatmalari xilma-xilligi bilan originaldir: keskin to'p oshirishlar, tezkor hujumlardagi nozik qarorlar, standartlardan oshirilgan ajoyib paslar, Dele Alliga kutilmagan vaziyatlardagi havodan fantastik to'p oshirishlar tinimsiz olqishlarga sabab bo'lgan.

Vaziyatni to'liq tushunish uchun Kristian hujumkor jamoada o'ynaganiga qaramay, himoyaviy harakatlarda ham qolishmasligini takidlash lozim. Bu borada daniyalikning ko'rsatkichi — 51%. Sensi 44% va Barellada 46%. SHu joyda daniyalikning raqobatchilari himoyaga nisbatan ko'proq etibor beradigan jamoada harakat qilganliklarini eslatib o'taylik. Konte qo'l ostidagi jamoa ko'rsatayotgan futbolda Eriksen barcha talabga javob bera oladi.

Futbol kishilari Eriksen haqida

Joze Mourino: "Men Eriksenning kelajagi borasida hamma narsani bilaman, chunki biz ochiq va samimiy muloqot qilamiz. Bir-birimizga ishonamiz. Uning rejalari haqida bilaman, lekin hech narsani aytmoqchi emasman. Bu haqida Kristianning o'zi gapirishi kerak", - deydi Mourino AS nashriga.

Karlo Anchelotti: "Eriksen - hujumda ham, orqa chiziqlarda ham o'ynay oladigan mukammal yarim himoyachi. U ajoyib paslarni amalga oshirishi va uzoq masofalardan murakkab zarbalar yo'llashi mumkin. Men uni Andrea Pirloga o'xshataman", - dedi italiyalik mutaxassis "Football Italia" nashriga.

Jeymi Karrager: "Bazi futbolchilar klub va jamoadagi rolga tezda ko'nikib ketishadi. Menimcha, Eriksen aynan shunday futbolchi. Uning samaradorligi bu Pochettinoning harakatlari mahsulidir. Kristian "Barselona" va "Real" tempida o'ynay olmaydi. Ha, Eriksen oy oxirigacha jamoadan ketsa, bu jamoaga tasirini o'tkazadi, ammo Keynning ketishichalik emas".

Futbol o'zining qanday javohiridan ajralib qolishi mumkinligini tasavvur qildingizmi?  Futbol, sport o'z yo'liga, insoniylik hech qachon arimasin.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика