So’nggi yangiliklar

22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  0 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  0 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  5 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  9 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  3 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  35 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3

“Bir futbolchi tarixi”. Rivaldo bilan birga maydonga tushgan Eldor SHomurodov haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Rivaldo bilan birga maydonga tushgan Eldor SHomurodov haqida

Mirjalol Qosimovning “Liverpul” jamoasiga jarima zarbasidan to'p kiritgani hamon yodimda.

O'sha golni ko'rgach doim maqtanib yurardim: “Mirjalol Qosimov “Liverpul”ga gol urgan” deya. Lekin, hech ham o'ylab ko'rmagan ekanman, Qosimov va boshqa o'zbek futbolchilari, nafaqat “Liverpul”, umuman “kuchli beshlik” klublari safida o'ynab gollar urishi haqida. 2020 yilning kuzida esa bu qarashlar o'zgardi, yaxshi tomonga. Eldor SHomurodov Italiya A Seriyasiga yo'l oldi. Ha, undan avvalroq Sardor Rashidov Portugaliya chempionatiga o'tgan edi, biroq gap “kuchli beshlik” haqida ketganida Eldor ikkinchi bo'ldi, hozircha. Biz esa SHomurodov haqida batafsil tanishishga qaror qildik. 


Eldor SHomurodov – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1995 yilning 29 iyunida Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Malumotlarga qaraganda, uning otasi Azamat aka ham O'zbekiston chempionatining quyi ligalarida to'p tepgan ekan. 2011 yili “Nasaf” bilan OFK kubogini yutgan Ilhom SHomurodov esa Eldor bilan amakivachcha hisoblanadi. 6 yoshidan boshlab futbol o'ynashni boshlagan bolakay, 11 yoshida Muborakning “Mashal” akademiyasiga qabul qilindi. O'zi ham ancha avval bergan intervyusida bu haqida gapirib o'tgan: “Termizda tug'ilganman, bu Surxondaryo viloyatida joylashgan O'zbekistonning eng janubiy shahri. O'sha erda futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman, chunki oilamizning deyarli barcha vakillari futbolchilar. Otam Azamat quyi ligada o'ynagan, amakim Ilhom - terma jamoada o'ynagan, "Nasaf" bilan OFK Kubogini qo'lga kiritgan va "Bunyodkor"da O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan. Vatanimda ularni yaxshi tanishadi. Olti yoshimda mashg'ulotlarga borishni istaganman, ammo meni faqat birinchi sinfda qabul qilishgan. Avvaliga shunchaki Termizdagi maktabda to'p tepganman, 11 yoshimda otamning do'sti - "Mashal" akademiyasi selekcioneri meni ko'rib qolgan. U tufayli otam men va akamni ko'rikka olib borgan. Birinchi o'yindayoq meni olib qolishdi”.


Klublardagi faoliyati haqida

Futbolchilik faoliyatidagi debyut mavsumi 2014 yilda, 19 yoshida bo'ldi. “Mashal” jamoasi tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan Eldor jamoasi bilan chempionatda 5-o'rin sohibi bo'ldi. Mavsum yakunlangach unga bir qator grand jamoalardan takliflar tusha boshladi. 

2015 yilning boshida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safiga borib qo'shildi. Aynan o'sha yilning so'nggida tengdoshlari hamda jamoadoshlari Doston Hamdamov va Zabixullo O'rinboevlar bilan “Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” unvoniga davogarlar qatoridan joy oldi. O'zidan tassurotlar haqida so'rashganida: “Xursandchiligimni cheki yo'q. Bu haqda birinchi bo'lib klubimiz matbuot kotibi Bahodir aka Mirzaev xabardor etdi. Juda hm to'lqinlanib kettim. Axir bu har bir futbolchining orzusi! Men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi” – deya takidlagan edi. Yakunda esa ushbu sovrin Doston Hamdamovga nasib etdi. SHomurodov bundan xafa emasligini aytib o'tgan edi: “Bu shaxsan men uchun ham qiziq ham yaxshi bo'ldi. Sababi nominaciyada boshqa do'stim g'olib chiqqan taqdirda ham men bundan sira tushkunlikka tushmayman. Aksincha bosh sovrinni o'zim qo'lga kiritgandek, do'stim uchun ham xursand”. 

Eldor “Bunyodkor” safida jami 96 o'yinda qatnashib, 20 ta gol urdi.

2017 yilning iyul oyida esa Rossiyaning “Rostov” jamoasi bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Instagram sahifasida “Bunyorkor” jamoasi rahbariyati, futbolchilari, muxlislariga minnatdorchilik bildirgan edi o'sha vaqtda. “Rossiya premer-ligasiga yo'l olishimda o'z yordamlarini ayamagan barcha insonlarga rahmat deyman. Alohida tashakkurlarimni “Bunyodkor” FK bosh direktori Murod Alievga, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga bildirmoqchiman. CHunki bu insonlar meni to'g'ri tushunishib, kuchli chempionatda to'p tepish istagimni maqullashdi va qarorimni qo'llab-quvvatlashdi kuchli chempionatdan taklif kelsa klub rahbariyati futbolchining xohish va istaklarini birinchi o'ringa qo'yadi. Menga oq fotiha tilab, Rossiya klubiga o'tishimda ko'mak berganlari uchun ularga yana bir-bor minnatdorchilik bildiraman” – deb yozilgan o'sha vaqtda (bugungi kunda topa olmadik o'sha surat va xatni). 

Jamoaga kelgan vaqtda bergan intervyusida: “Albatta, men uchun bu erda bo'lish yoqimli hodisa. “Rostov”ni nafaqat Rossiyada, Evropada ham yaxshi bilishadi. Men “Rostov” muxlislarini xursand qilish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Men jamoaning “Bavariya” va “Manchester Yunayted” klublariga qarshi o'yinlarini tomosha qilganman, bu o'yinlar menda katta taassurot qoldirgan. Bu “Rostov”ni tanlashim sabablaridan biridir. RFPLdagi hujumchilardan menga “Lokomotiv”dagi Arining, Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fedor Smolovning o'yin uslubi yoqadi. Jamoada ham yaxshi hujumchilar bor va ulardan ko'p narsa o'rganish mumkin” – deya takidlagan edi. 

“Rostov”dagi debyutini ham aynan iyul oyida, “Amkar”ga qarshi bellashuvda nishonladi. SHartnoma muddati yakunlanishiga bir muddat qolganida, “Rostov” jamoasi SHomurodov bilan yana 3 yillik shartnoma imzoladi, ketinchalik esa bu muddat 3 yildan 5 yilga uzaytirildi. O'zi uchun omadli kelgan 2019/20 yilgi mavsumda Rossiya chempionatida 28 uchrashuvida qatnashib 11 golning muallifiga aylandi. U klub safida jami 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi.

2020 yilning oktyabrida esa futbolchi Italiya A Seriyasining “Jenoa” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Uning terma jamoaga o'tishi haqida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov: “To'g'risi aytsam bungacha "Jenoa"ni kuzatmas edim. Endi bu jamoa o'yinlarini ko'ramiz va SHomurodovning harakatlariga baho beramiz. Tushunarliki "Jenoa" Italiya futboli etakchisi emas, ammo baribir bu A Seriya. Eldor SHomurodov bu klubda o'ynab keta olishiga ishonchim komil. U erda menimcha hech qanday muammo bo'lmaydi. Umid qilamizki aynan shunday bo'ladi” – deya aytib o'tdi. 

19 oktyabrda “Verona”ga qarshi debyut uchrashuvini o'tkazdi. Debyut golini esa noyabr oyining so'nggida, “Parma” bilan o'yinda urdi. SHomurodov shu gol bilan TOP-5 chempionatlarda gol urgan ilk o'zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Undan gol haqida so'rashganida “O'yindan keyin aytarli yaxshi gap yo'q, sababi biz mag'lub bo'ldik. Kimdir tabrikladi, kimdir tushkun kayfiyatda edi. SHunga buning vaqti emasdi. Jamoam ham yutqizganidan men ham u qadar xursand emas edim. Keyingi golim jamoaga yordam berib, g'alaba qozonishimizga umid qilaman” – deya takidlagan. 2021 yil Eldor uchun chinakamiga omadli boshlandi. “Sassuolo” bilan bo'lgan uchrashuvda A Seriyadagi ikkinchi goliga mualliflik qildi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

2016 yilgacha O'zbekistonning yoshlar jamoasi safida bir necha uchrashuvlarda maydonga tushgan SHomurodov, 2015 yilning 3 sentyabrida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida JCH-2018 saralashi doirasidagi Yaman termasiga qarshi o'yinda maydonga tushdi. 

2019 yilda Osiyo Kubogida ishtirok etgan terma jamoamiz guruh bosqichining dastlabki o'yini – Ummonga qarshi bahs oxirrog'ida durang natija qayd etayotgandi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Eldor esa 86-daqiqada hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi hamda terma jamoamizga g'alaba keltirdi. O'yindan so'ng bergan intervyusida "Osiyo Kubogidagi birinchi o'yin bo'lganligi uchun barchada hayajon bilindi. Lekin qiyin bo'lsa ham g'alabaga erishdik. Bundan barcha xursand. Xudo xohlasa keyingi bahsda bundan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz" – deya aytgan edi. 

2 va 3-turlarda Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahslarda to'p kiritgan hamyurtimiz turnirda jami 4 gol muallifiga aylandi. Eldor SHomurodov Osiyo Kubogidagi debyut ishtirokidayoq O'zbekiston terma jamoasining qita chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlari Odil Ahmedov va Maksim SHackixga etib oldi. Va bitta musobaqada 4ta gol urgan ilk o'zbekistonlikka futbolchiga aylandi. Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etgan edi Eldor. Qayd etish lozim, ketma-ket to'rtta Osiyo Kubogidan buyon O'zbekiston terma jamoasining bir nafardan futbolchisi dubl muallifi bo'lishga erishib kelmoqda. Maksim SHackix (2007), Ulug'bek Baqoev (2011) Sardor Rashidov (2015) shular jumlasidan.


“Yilning eng yaxshi futbolchisi”

2019 yilning 24 dekabr kuni Toshkentdagi "Zarafshon" zalida O'FA yilning eng yaxshilarini aniqladi. "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchun uch futbolchi nomzod edi. Kuchli uchlikka kirgan futbolchilar - Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG"), Eldor SHomurodov ("Rostov"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"). Sovrinni O'FA prezidenti Abdusalom Azizov topshirdi. Eldor SHomurodov "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.


Mourino bilan foto

Kunlardan biri, ijtimoiy tarmoqlarda Eldor SHomurodovning portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan tushgan surati tarqaldi. 

O'zidan bu haqida so'rashganida: “Osiyo Kubogi tugashi bilan "Rostov" safiga qaytib, turnirda "Lokomotiv"ga qarshi 69 daqiqa o'ynadim va murabbiylar shtabi menga kichik tanaffus berdi. Tasodifan Moskvada Mourinyu bilan uchrashib qoldim. Buni qarangki, Joze mening agentim German (Tkachenko)ni tanir ekan. Agentim bilan uchrashgani restoranga borgandim, u erda esa Mourinyu o'tiribdi! Bu uchrashuv murabbiy Balashixdagi muzda yiqilishidan oldin bo'lgan. Uni jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblayman. Aynan shu sababli "Yunayted"ga emas, "CHelsi"ga muxlislik qilsam kerak, xa-xa” – deya aytgan.


Rivaldoning qo'lidan ushlab maydonga tushish

Braziliyalik futbolchi Rivaldo “Bunyodkor” safida to'p tepib yurgan vaqtlarda Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishda yosh Eldorning qo'lidan ushlab maydonga chiqqan edi. “Jamoa "Mashal" bilan o'ynaganida uni qo'lidan ushlab maydonga olib chiqqanman. O'sha paytda O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan Ignatiy Nesterov, Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov men uchun yulduz edi. Rivaldoni ko'rib shokka tushganman. Kechagina ularga to'p olib berardim, bugun esa terma jamoada o'ynayapman” – deya eslaydi Eldorning o'zi.


SHaxsiy hayoti

Futbolchi 2019 yilning 28 dekabr kuni bo'ydoqlar safidan chiqib uylandi. 2020 yilning 16 dekabr kuni o'g'il farzandli bo'ldi. CHaqaloqqda Mustafo deb ism qo'yildi. Eldor SHomurodov bergan intervyularidan birida “Vaqti kelib o'g'il farzandingiz bo'lsa va u futbolchi bo'lishni istasa bunga qarshilik qilmaysizmi?” – deb berilgan savolga: “Xudo xohlasa farzandlik bo'lsam, u futbolga boraman desa umuman qarshilik qilmayman, aksincha xursand bo'laman” – deb javob bergan edi.

O'zbek futbolchilari haqida qancha ko'p bilsak bu faqat yaxshi. Bugun ko'pchilikka tanish futbolchi bilan qaytadan tanishdik. Hozirgi darajasiga qanday kelgani haqida so'zladik. Dunyo futbolchilaridan qolishmaydigan iqtidorlar bizda etarli va biz ular haqida yozishda davom etamiz. 


Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика