So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   9 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  15 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

“Bir futbolchi tarixi”. “Portu” safida 7 yil mashg'ulot o'tkazgan, lekin “Benfika” akademiyasini tamomlagan Joau Feliks haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. “Portu” safida 7 yil mashg'ulot o'tkazgan, lekin “Benfika” akademiyasini tamomlagan Joau Feliks haqida

Portugaliyalik hujumchilar deganda ko'z oldingizga kim keladi?

Krishtianu Ronaldu, Nani kabi nomlardan boshqa bir futbolchilarning ism-sharifini ko'proq katta avlod vakillari yaxshi bilishadi. Ederning Evro-2016 musobaqasi finalida Franciya terma jamoasiga urgan goli bilan yodda saqlagan muxlis, uni tezda esdan chiqargan. Ochig'i Elder Poshtiga, Nunu Gomesh kabi hujumchilardan so'ng Portugaliyada normal markaziy forvard ko'rganim yo'q. O'sib kelayotgan avlod ichida esa bu kabi futbolchilar ham bor. Bilmaysizmi, unda tanishing – Joau Feliks.


Joau Feliks – kim o'zi u?

1999 yilning 10 noyabrida Portugaliyaning Viseu shahrida tug'ilgan yigit, “Benfika” jamoasining tarbiyalanuvchisi. Biroq shunday bo'lsada Feliks bolalik chog'i “Portu” akademiyasida naqd 7 yil mashg'ulot o'tkagan. Biroq Portu shahrining bosh jamoasi yosh iqtidor egasini jismoniy holati yaxshi emasligi sabab o'zlarida olib qolishmagan.


Klublardagi faoliyati haqida

2016 yil 17 sentyabrda Feliks "Freamund"ga qarshi o'yinda “Benfika”ning ikkinchi jamoasida debyut qiladi. Dastlabki golini esa kelasi yili - 2017 yilning 15 fevralida “Academica di Viseu” jamoasiga qarshi o'yinda uradi. O'sha mavsumning o'zida Feliks 13 uchrashuvda maydonga tushib 3 marotaba raqiblar darvozabonini “ranjitadi”. 2017/2018 yilgi mavsumni ham yana “Benfika B” jamoasi tarkibida o'tkazdi va 17 uchrashuvda 4 marta gol urdi.

Keyingi mavsum boshidan boshlab u "Benfika" ning asosiy jamoasi bilan mashg'ulot o'tkaza boshladi hamda 2018 yil 18 avgustda u Portugaliya chempionatidagi debyutini amalga oshirdi. "Boavista" bilan o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi. Oradan bir hafta o'tgach, 25-avgustda u "Sporting"ga qarshi o'yinida “Benfika” safidagi birinchi golini urdi va Lissabon derbisidagi “eng yosh gol muallifi”ga aylandi (18 yosh, 9 oy, 16 kun). 2019 yil 11 aprelda Evropa Ligasi chorak finalida Frankfurtning "Ayntraxt"iga qarshi o'yinda uchta gol urib, turnir tarixidagi “eng yosh xet-trik muallifi”ga aylandi. Umumiy hisobda Feliks "Benfika" safida 2018/19 yilgi mavsumda 20 ta gol urdi, shularning 15 tasini Portugaliya chempionatida kiritishga erishdi. Mavsum hali yakunlanmay turganidayoq unga boshqa jamoalardan takliflar tusha boshlagan edi. “Benfika” jamoasining prezidenti Luish Filipe Vieyra ham o'sha chog'larda futbolchining tovon pulini oshirish haqida o'ylab qolgan va intervyularining birida shunday degandi: “Felish – Ronaldu davri nihoyalanayotgan bir paytda Portugaliyadan chiqayotgan juda katta iqtidor egasidir. Hozircha uni sotish haqida o'ylaganimiz yo'q. Darhaqiqat, yaqinda uning tovon pulini ko'taramiz. Felishda hammasi etarli: favqulodda texnika, tezlik, intellekt. U o'z qarashlariga ega yaxshi yigit, shuning uchun men undan juda faxrlanaman”.



Joau “Yuventus”, “Atletiko”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real” kabi jamoalarning takliflari orasidan Madridning “Atletiko”sini tanladi. Ispan klubi esa mazkur transfer uchun portugaliyaliklarga 126 million evro to'laydigan bo'ldi. O'sha vaqtlarda Joau Felish uni qimmat narxga sotib olishgani ruhiy tasir o'tkazmasligini aytib o'tgan edi: “126 million evro mening elkamga ortiqcha vazn yuklay olmaydi. Lekin shartnoma tuzgan kunim hammaga: “Ana xolos, 126 million evro turaman!” - deganman. Simeone mening o'sishimga katta yordam bermoqda. CHidamlikka bardosh berish uchun tinimsiz mehnat qilyapman. Men gol urishni boshlasam, hamma gollarim asosiy gol bo'lishiga ishonaman”.

2019 yilning 3 iyul kuni “Atletiko Madrid” futbolchisiga aylangan futbolchi 1 sentyabr kuni La Liganing 3-tur uchrashuvida "Atletiko" tarkibidagi birinchi golini "Eybar" darvozasiga yo'lladi. Bu yilgi mavsumda qahramonimiz 11 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 8 marotaba to'p kiritgan bo'lsa, shularning 5 tasini La Liga, 3 tasini esa ECHL doirasida urdi. Oktyabr oyida “Atletiko M” ECHL 2-turida “Zalcburg”ni 3:2 hisobida engdi. Ushbu bahsda madridliklar safida Joau Feliks dublga erishdi. Feliks 2 ta gol urgan vaqtda 20 yosh 252 kunlik edi. Natijada Joau klub tarixida dublga erishgan ikkinchi eng yosh futbolchi bo'ldi. Madridliklar safidagi rekord esa Serxio Agueroga tegishli. Argentinalik forvarda 2 ta gol urgan vaqtida 20 yosh 106 kunlik bo'lgan. Futbolchi dastlab Madridga kelgan chog' intervyu berganida "Men bu erda baxtliman. Har qanday o'yinchi dunyoning eng zo'r jamoalaridan birida o'ynashni orzu qiladi, "Atletiko" esa ulardan biridir. Menda bir nechta qiziqarli variantlar bor edi, ammo yakunda "Atletiko"ni tanladim. Bu erda mening o'sishim uchun eng yaxshi sharoitlar mavjud deb hisoblayman" – deya takidlagan edi.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

U Portugaliyaning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan. Kattalar jamoasidan esa dastlab 2019 yil may oyida chaqiruv oldi. 5 iyun kuni u SHvecariyaga qarshi o'yinda debyut qildi va mazkur o'yinni asosiy tarkibda boshladi. SHundan so'ng Feliks Portugaliya terma jamoasida maydonga tushgan “eng yosh futbolchi”lar ro'yxatida rekordchi Renato Sanchesdan keyin ikkinchi bo'ldi (19 yosh-u 207 kun). SHuningdek, futbolchi o'z orzusiga ham erishdi desa bo'ladi, sababi intervyularining birida “Ronaldu bilan bir klubda to'p surishni istardim” - degan edi. 

2020 yil 5 sentyabrda Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda terma jamoadagi ilk golini urdi. 


SHaxsiy hayoti

Ijtimoiy tarmoqlarini kuzatadigan bo'lsak futbolchi maydondan tashqarida, oilasi va sevgilisi Magui bilan ko'proq vaqt o'tkazadi. Juftlikning o'zaro tushgan suratlarini Feliks ham, Magui ham tez-tez elon qilib turishadi.


Magui o'z Tvitter sahifasida Joau bilan tushgan suratini joylab “Hayot film bo'lsa, siz uning eng yaxshi qismisiz” deya tvit qoldigan.


Kallum Xadson-Odoi haqida so'zlaganimizda, futbolchi yosh bo'lsa ham “CHelsi” va Angliya terma jamoasi muxlislari undan ko'p narsa kutishga haqli degan fikrni bergandik. Bu futbolchiga nisbatan ham shu tarifni ishlatsak bo'laveradi. O'zini “Benfika” safida nimalarga qodirligini ko'rsata olgan bugungi qahramonimiz Madrid jamoasida ham etakchilikni qo'lga ola bilyapti. Antuan Grizmanndan keyingi superyulduz bo'lishi mumkin ekanligiga shubha yo'q. 2019 yilgi “Golden boy”ning maydonda aytadigan so'zlari ko'p. Krishtining ham yoshi o'tib qolgandi, tayyor turavering Portugaliya terma jamoasida etakchilar bobida uzulish bo'lmaydi hali beri…


Vladislav Goyxmann

Og'abek Samisov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика