So’nggi yangiliklar

00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  5 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  9 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  15 23:24Миллатлар лигаси. Нидерландия – Германия, Англия – Финляндия. Таркиблар аниқ!  0 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  48 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  30 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  514 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0

“Bir futbolchi tarixi”. Konor MakGregorni jangga chorlagan “Faxriy Legion” – Olive Jiru haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Konor MakGregorni jangga chorlagan “Faxriy Legion” – Olive Jiru haqida

1 yanvar kunini barcha yangi yilning ilk kuni deb biladi va bu to'g'ri. 2017 yilning 1 yanvar kunini esa alohida eslab qolganman.

O'sha kuni franciyalik Olive Jiru “Arsenal” jamoasi tarkibida “Kristal Pelas” darvozasiga “chayon” uslubida zarba berib gol urgan edi. Aynan yil boshida urilgan gol esa yilning so'nggida munosib taqdirlandi. Jiru undan so'ng terma jamoasi bilan birgalikda JCH-2018 da ham g'olib bo'ldi. O'z klubini almashtirishga ham ulgurdi. Ayni vaqtdagi jamoasida esa kecha ECHL doirasida “Atletiko Madrid” darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi. Men uchun g'aroyib o'yinlar ko'rsatadigan, oddiy gol urishni “bilmaydigan” futbolchi haqida so'z yuritishga qaror qildik.




Olive Jiru – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1986 yilning 30 sentyabr kuni Franciyaning SHembari shahrining Rona-Alpi tumanida tug'ildi. U dastlab o'zining faoliyatini 6 yoshida “Froj” futbol maktabida boshladi. 13 yoshigacha tarbiya topgan bo'lsa, keyinchalik professional klubga o'tdi.


Klublardagi faoliyati haqida

U 13 yoshida “Grenobl”ga keldi. SHu erda o'sib-ulg'aydi. Jamoa safidagi debyut uchrashuvini esa 20 yoshida o'tkazdi. 2006 yilning 24 mart kuni “Genon” jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Klubdagi dastlabki golini esa 2007 yilning fevral oyida “Gavr” jamoasiga qarshi o'yinda kiritdi. “Grenobl”dagi 2 mavsumida jami 23 o'yinda maydonga tushdi. Futbolchi 2007/08 yilgi mavsum boshlanishidan avvalroq futbolchi Liga 3 da ishtirok etuvchi “Istr” jamoasiga ijaraga berib yuborildi.

Futbolchi malum vaqt o'tgach, 2008 yilning avgust oyida “Tur” jamoasiga transfer qilindi. “Grenobl” klubi Liga 1 ga chiqqanidan so'ng aynan Jiruni sotib yubordi. Uning yangi jamoasi “Tur” esa Liga 2 da o'ynar edi. U “Tur”da ham 2 mavsum harakat qildi va keyinchalik, 2010 yilning yanvar oyida “Monpele” safiga borib qo'shildi.


Jiru “Monpele”ga qo'shilgan bo'lsa ham mavsumni “Tur”da ijara asosida tugatib qo'ydi. Yangi jamoasidagi debyut o'yinini esa 2010 yilning 29 iyul kuni Vengiryaning “Dyor” jamoasiga qarshi, Evropa ligasi saralashi doirasidagi o'yinda o'tkazdi. O'yinning 32-daqiqasida Jiru raqib darvoasini ishg'ol qilishga erishdi. U Liga 1 dagi debyutini 8 avgust kuni “Bordo”ga qarshi o'yinda o'tkazgan bo'lsa, ilk golini 28 avgust kuni “Valansena” jamoasiga urdi. O'sha mavsumda Franciya liga kubogining yarim final o'yinida futbolchi PSJ darvozasiga g'alaba golini urdi hamda finalda “Marsel”ga yutqazib qo'ydi “Monpele”. Birinchi mavsumda 37 o'yinda ishtirok etib, 12 ta golning muallifi bo'ldi. Keyingi mavsum esa Jiru uchun ham, “Monpele” uchun ham omadli keldi. U Franciya chempionatida 36 o'yin o'tkazib, 21 ta golning muallifiga aylandi. SHuningdek, jamoasi bilan birgalikda Franciya chempionatida g'olib bo'ldi.

2012 yilning yozida unga bir qator jamoalardan takliflar tusha boshladi. Futbolchining o'zi esa Londonga yo'l oladigan bo'ldi. “Arsenal” – Jiruning yangi jamoasi bo'ldi. 18 avgust kuni “Sanderlend” bilan o'yinda “Arsenal” safidagi debyutini nishonlagan bo'lsa, 26 sentyabr kuni Angliya liga kubogi doirasida “Koventri” bilan o'yinda o'zining debyut golini urdi. Premer ligadagi ilk golini “Vest Xem”ga urdi. Jiru “Arsenal” safida etakchi futbolchiga aylana oldi. 2017 yilning ilk kunida urgan goli yil so'nggida “Pushkash” mukofotiga ega chiqdi. O'sha golni urgandan keyin bergan intervyusida: “Bu mening eng chiroyli golim deb o'ylayman. Aleksis menga to'pni sal orqaroqda uzatdi va men unga tovonim bilan zarba berishga qaror qildim. Natija juda ham ajoyib bo'ldi. Men esa deyarli muvozanatimni yo'qotgan edim” – degan edi.


2018 yilning 31 yanvar kuni Jiru Londonning boshqa bir jamoasi – “CHelsi” futbolchisiga aylandi. U bu transfer haqida shunday degan edi: “Arsenal” safida 5 yarim yil o'ynadim. Menga yangi sinovlar kerak edi va shuning uchun ham premer-ligada qoldim. “Borussiya”, “Sevilya” va “Roma” klublaridan taklif tushgan edi. Antonio Konte esa meni “CHelsi” klubiga o'tishga ko'ndirdi. Desham bilan suhbatlashgan edim. U menga aynan “CHelsi”ga o'tishni maslahat bermagan, ammo klub o'zgartirishni so'radi”.

Transfer narxi 16 million funt sterlingni tashkil qildi. 18 oylik shartnomaga imzo chekdi. Dastlabki o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu o'yin “Xall Siti”ga qarshi kechgan uchrashuv edi. 2018 yilning may oyida esa jamoasi bilan birgalikda Angliya kubogini yutdi. 2018/19 yilgi mavsumda esa “CHelsi” bilan birgalikda UEFA Evropa ligasi finaliga yo'l oldi. Finaldagi raqib Jiruning sobiq jamoasi bo'lgan “Arsenal” edi. Finaldagi “London derbisi”da “CHelsi” g'alaba qozondi. UEFA Superkubogi doirasidagi o'yinda esa “Liverpul”ga qarshi maydonga chiqdi hamda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq o'sha kuni jamoa penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

2020 yilning ECHLning guruh bosqich uchrashuvida “Sevilya”ga qarshi o'yin o'tkazdi va ushbu uchrashuvda pokerga erishdi. Bu natijasi orqali “CHelsi” safida bir o'yinda 4 ta gol urgan birinchi futbolchi, Karim Benzemadan keyin xet-trik qayd etgan ikkinchi francuzga aylandi.

Intervyularining birida o'z faoliyatini qaerda tugatish haqida ham shunday degan edi: “MLS men va oilam uchun qiziqarli. Farzandlarim inglizcha gapira olishadi. Men u erga ko'chib o'tamanmi? Bu savolga javob bera olmayman. Ammo, faoliyatimni o'sha erda tugatishni xohlardim”.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

2011 yilning 3 noyabr kuni Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan Jiruni AQSH va Belgiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun chaqirdi. 11 noyabr kuni AQSH termasiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. 2012 yilda Franciya terma jamoasi bilan Evropa chempionatiga yo'l oldi. O'sha musobaqada Jiru 3 ta o'yinda ishtirok etdi. 2016 yili bo'lib o'tgan Evropa chempionatida esa finalga qadar yo'l oldi, ammo chempionlik nasib etmadi. 2018 yilgi Jahon chempionatida 7 uchrashuvda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi. O'sha musobaqada Franciya terma jamoasi Jahon chempioniga aylandi. 2020 yilning 7 oktyabr kuni u terma jamoa safidagi 100-o'yinini o'tkazdi.

2019 yilning 4 iyun kuni Franciya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan JCH-2018 g'olibligi uchun “Faxriy Legion” ordeniga sazovor bo'ldi.


SHaxsiy hayoti

2011 yilda u sevgilisi Jenifer bilan oila qurdi. 2013 yilning 18 iyun kuni qiz farzandli bo'ldi va unga Jeyd deb ism qo'ydi. Keyinchalik esa, o'g'illari Evan, Aron va qizi Aria dunyoga keldi.


Konor MakGregorni jangga chorlagan futbolchi

Olive Jiru “Arsenal”da o'ynab yurgan kezlarida muxlislarning savoliga javob berayotib, hazil tariqasida UFC chempioni Konor MakGregorni jangga chaqirgan edi. "MakGregor bilan jangda qancha chiday olardim? Bilmadim. Balki 10 soniya. Hech qachon jang qafasida bo'lmaganman va unda ishtirok etmaganman. Ammo buni sinab ko'rish kerak. MakGregor bo'sh vaqting bo'lsa tayyorman" – degan edi o'sha vaqtda.

Benzema bilan “so'z o'yini”

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema boshqa bir francuz hujumchisi "CHelsi" azosi Olive Jirudan kuchlimi yoki yo'q degan savolga javob berganida shunday degan edi: "Keling bu mavzuni butunlay yopamiz. Formula-1ni karting bilan adashtirmang. Bu yumshoq qilib aytganda. Davom etamiz. Formula-1 — bu men. U haqda boshqa gapirishni xohlamayman. U qanday xohlasa shunday gollarni uraversin, nimani istasa o'shani yutaversin. Unda o'z burchagi bor, menda o'z burchagim". Lekin Jiru buni javobsiz qoldirmadi. Benzemaning bu gaplariga francuz "Befoot"ga bergan intervyusida javob berdi: "Men kim ekanman? Karting? Men Jahon chempioniman", — dedi Jiru. "Barselona" va Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Karim Benzemaning Olive Jiru haqida aytgan so'zlariga fikr bildirdi: "Bunga izoh bera olmayman, bu muammolarga sabab bo'lishi mumkin. Jiru menga yoqadi, u yaxshi yigit. Olive jahon chempioni bo'lishimizga yordam berdi. Bu hayotimizdagi muhim voqea bo'lgan" – dedi Grizmann.



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика