So’nggi yangiliklar

19:18Марушичнинг дубли "Нефтчи"га Грузия жамоаси устидан ғалаба келтирди. Учрашувда ўзбекистонлик ҳакамлар ва VAR ишлади  1 18:52Дунёнинг энг қиммат ҳимоячисига айланиши кутилаётган Салиба "Реал"га ўтишга рози  8 18:30U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдоши Эрон Индонезияга 3 та гол урди, Саудия Арабистони қийин ғалабага эришди  4 18:02"Манчестер Сити"га янги дарвозабон керак"  3 17:39"Нима дейишни ҳам билмайман" — Рубен Диаш  18 17:19Ўзбекистонлик ҳакамлар Туркияда йиғин ўтказмоқда  0 16:56Аканжи жиддий жароҳат олгани маълум бўлди  14 16:39Муҳаммадали Ўринбоев: "Яман жуда яхши ўйин кўрсатди, лекин бизда ғалабага бўлган ишонч юқори эди"  19 16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  100 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  5 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  13 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  7 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1

“Bir futbolchi tarixi”. Jarohatlar uni sevadigan Marko Roys haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Jarohatlar uni sevadigan Marko Roys haqida

“Borussiya Dortmund”ni endi taniy boshlaganimda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp edi.

Aynan Klopp boshchiligidagi jamoa ECHLning 2012/13 yilgi mavsumida chorak finalda “Malaga”ni qanday qilib turnirdan chiqarib yuborgani-yu, yarim finalda “Santiago Bernabeu”da “Real Madrid”ni qanday engani hamon yodimda. Ertasi kuni barcha gazetalarda Robert Levandovskining pokeriga atab qo'lidagi to'rtta barmoqni ko'targan surati chiqqan edi. O'zi umuman dortmundliklarning yorqin avlodini ko'pchilik yaxshi biladi: Mario Getce, Robert Levandovski, Mats Hummels va hokazo. SHularning ichida yana bir futbolchi borki, u biroz omadsizroq desam adashmagan bo'laman. 2014 yilgi Jahon chempionatiga bora olmagan, Evro-2016 dan quruq qolgan, JCH-2018 ga borib guruhdan ham chiqa olmagan futbolchi – Marko Roys. Bugun u jarohatlarni emas, balki jarohatlar uni sevuvchi inson haqida so'z boradi. 


Marko Roys – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1989 yilning 31 may kuni Germaniyaning SHimoliy Reyn-Vestfaliyati federal shtatidagi Dortmund shahrida dunyoga keldi. Otasi qulf yasaydigan usta, onasi esa ofis ishchisi bo'lgan. U yoshligidan futbolga qiziqib, “Borussiya Dortmund”ning akademiyasida mashg'ulotlarda ishtirok etdi. O'sha erda futbol maktabini tugatdi.


Klublardagi faoliyati haqida

Roys o'zining professional faoliyatini Dortmundda emas, “Rot-Vayss” jamoasida boshladi. Uning bu jamoaga o'tishdagi asosiy sabab o'yin amaliyotiga ega bo'lish edi. 2007 yilning 29 sentyabr kuni u “Oberxauzen” jamoasiga qarshi o'yinda o'zining debyutini nishonladi. U 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Futbolchi “Rot-Vayss”dagi ilk mavsumida 16 ta o'yin o'tkazib, 1 gol muallifiga aylandi. O'zining jamoadagi faoliyati davomida jami 43 uchrashuvda 5 golning muallifiga aylandi.

2009 yilning 25 may kuni Marko Myunxengladbaxning “Borussiya”si bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi. O'zining debyut uchrashuvini Bundesliganing 1-turida “Boxum”ga qarshi bahsda o'tkazdi. O'yinning 70-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. 28 avgust kuni “Maync 05” jamoasi bilan o'yinda jamoadagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Bundesligadagi dastlabki mavsumida 33 uchrashuvda 8 gol urdi. 2010/11, 2011/12 yilgi mavsumda jamoasi safida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan yarim himoyachi 2012 yilning 4 yanvar kuni “Borussiya Dortmund” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Dortmundliklar futbolchi uchun 17 million evro to'ladi. Marko debyut uchrashuvini “Verder”ga qarshi o'tkazdi. U o'zining ilk golini ham aynan ushbu o'yinda kiritdi. ECHLning 2012/13 yilgi mavsumida jamoasi bilan birgalikda finalga qadar etib bordi. O'sha o'yinda o'zining faol harakatlari bilan ajralib turgan futbolchi penalti ham ishlashga muvaffaq bo'ldi. 2013/14 yilgi mavsum boshlanishi oldidan uning do'sti Mario Getce “Bavariya”ga o'tdi. Ayni o'sha chog'larda uning “Barselona”, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalarga o'tishi haqida gap-so'zlar tarqaldi. Biroq u “Borussiya”ni tark etmadi. U bir necha yillik faoliyatidan so'ng 2018 yilning avgust oyida jamoa sardori etib tayinlandi. O'sha vaqtda, shuningdek, shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi. 2018 yilning 26 sentyabr kuni “Borussiya Dortmund” safidagi 100 golini urdi. Ushbu golni u “Nyunberg”ga qarshi o'yinda urdi.


“Bavariya”ga o'tmasligi haqida

Marko Roys “FAZ”ga bergan intervyusida uning “Bavariya”ga o'tmasligi haqida quyidagicha izoh berdi: “Men? “Bavariya”ga? Hech qachon! Meni Myunxenning "Bavariya" sida hech qachon ko'rmaysiz. Vada beraman”, - deydi Roys.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

2009 yilning 11 avgust kuni futbolchi Germaniya yoshlar termasi safida Turkiya yoshlariga qarshi o'yinda debyut qildi. 2010 yilning may oyida esa u Germaniyaning asosiy terma jamoasiga qarshi chaqiruv oldi. Termasi bilan birgalikda Evro-2012da ishtirok etdi. Braziliyada bo'lib o'tgan JCH-2014 ga chaqirildi, biroq aynan ushbu musobaqadan oldin Armaniston terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olib, tarkibdan chiqdi. Germaniya termasi esa ushbu musobaqada g'alaba qozongan edi. Turnir yakunida Mario Getce do'stining futbolkasini maydonga olib chiqqan.

JCH-2018 ga borgan Roys termasi bilan birgalikda hech qanday natijasiz ortga qaytdi. 


Jarohatlar haqida

O'zining bergan intervyularidan birida Roys shunday degan edi: “Futbolchilar ko'p pul topishadi. Lekin ular o'z sog'ligini ham yo'qotishadi. Men barcha pullarimni sog'ligimni tiklash uchun sarflagan bo'lar edim”. 


SHaxsiy hayoti

2015 yilda u nemis modeli Skarlett Xartman bilan tanishdi. Juftlik 2019 yilning 30 martda qiz farzand ko'rishdi.


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика