So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

“Bir futbolchi tarixi”. 20 yoshida yil ramziy jamoasiga kira olgan Alfonso Deyvis haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. 20 yoshida yil ramziy jamoasiga kira olgan Alfonso Deyvis haqida

“The Best” taqdirlash marosimi haqida yaxshi bilasiz.

Ushbu mukofot deyilganda ko'z oldimizga keladigan oxirgi yillarda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi keladigan bo'lib qolgan. Aslida, “yilning eng yaxshi futbolchisi”dan tashqari boshqa nominatsiyalar ham bor, bilamiz, ko'ramiz ularni ham. “Yil ramziy jamoasi” deyilganda butun yil davomida eng yaxshi o'yinlarini namoyish etgan futbolchilarni tahmin qilib ko'ramiz. 2020 yilgi ramziy jamoasi aniqlanganidan so'ng bir fakt meni ajablantirdi: Alfonso Deyvis – FIFA ramziy jamoasiga kiritilgan birinchi SHimoliy Amerikalik futbolchiga aylandi. Bugun, aynan shu futbolchi bilan tanishamiz. 


Alfonso Deyvis – kim o'zi u?

Qahramonimiz 2000 yilning 2 noyabr kuni Gana mamlakatining Buduburam qochqinlar lagerida tug'ildi. Liberiyadagi fuqarolik urushi sabab bo'lib, Deyvis ota-onasi bilan birga Kanadaning Edmonton shahriga ko'chib kelishdi. 2017 yilning yozida Alfonso Kanada fuqarorligiga ega bo'ldi. Avvalroq esa u Liberiya fuqarosi bo'lgan. Dastlab, “Edmonton Internationals” va “Edmonton Strikers” jamoalarida o'z faoliyatini boshlagan Deyvis keyinchalik 2015 yilda “Vankuver Uaytkeps” jamoasiga borib qo'shildi. 


Klublardagi faoliyati haqida

2015 yilgi mavsumni “Vankuver Uaytkeps” jamoasida faoliyatini olib brogan Alfonso 2016 yilning fevralida “Uaytkeps 2” jamoasida o'ynaydigan bo'ldi. O'sha yilning aprelida esa o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi. 15 may kuni Deyvis professional futboldagi debyut golini urib Kanada chempionati tarixidagi eng yosh gol muallifi bo'ldi. 

Deyvis “Vankuver Uaytkeps” jamoasi bilan 2018 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. O'sha vaqtda Deyvis Kanada chempionatida birinchi, MLS klubida shartnoma imzolagan uchinchi eng yosh futbolchi bo'ldi. MLSdagi debyutini esa 16 iyul kuni o'tkazdi. CHempionatda hamda KONAKAFda ajoyib o'yinlar o'tkazgach bir qator jamoalar, jumladan, “Manchester Yunayted”, “CHelsi”, “Liverpul” singari klublarning etiboriga tushdi. 2017 yilda esa dunyodagi eng yaxshi 60 nafar futbol istedodlaridan biri deb topildi. Ajoyib o'yinlarini xotirlaydigan bo'lsak, 2018 yilning 10 iyun kuni “Orlando Siti”ga qarshi uchrashuvda jamoasi 5:2 hisobida g'alaba qozondi, Deyvis esa o'yin davomida bir marotaba gol urgan bo'lsa, uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. 29 iyul kuni “Minnesota Yunayted”ga qarshi o'yinda esa 2 ta gol hamda 2 ta assist muallifiga aylangan Deyvis, o'sha uchrashuvda jamoasi bilan birgalikda 4:2 hisobida g'alaba qozondi. O'sha yili avgust oyini birinchi sanasida Alfonso “Yuventus” bilan bo'lib o'tadigan MLS yulduzlari jamoasi tarkibiga kiritildi va uchrashuvda ishtirok etdi. 

Aynan 2018 yilning yozida Deyvis Myunxenning “Bavariya”si bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Yangi klubi bilan dastlabki mashg'ulotini esa o'sha yilning noyabr oyida o'tkazgan bo'lsa, debyut uchrashuvi 2019 yilning 12 yanvar kuni “Borussiya Myonxengladbax”ga qarshi kechdi. Bundesligadagi ilk o'yini esa 27 yanvar kuni “SHtutgart”ga qarshi bahs bo'ldi. “Bavariya” safidagi birinchi golini ham ko'p kutmadi: 17 mart kuni “Maync” jamoasiga qarshi o'yinda gol urdi va jamoasining yirik hisobdagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi (6:0 bilan yakunlangan o'yinda Deyvis oltinchi golga mualliflik qilgan). O'sha goli bilan myunxenliklar safida Rok Santa Kruzdan keyingi gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. SHuningdek, “Bavariya” tarkibida raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan birinchi kanadalik bo'ldi. 

2019/20 yilgi mavsumni zaxirada o'rindig'ida boshlab keyinchalik asosiy tarkib futbolchisiga aylanib borgan Deyvis 25 fevral kuni UEFA CHempionlar ligasi doirasidagi “CHelsi”ga qarshi o'yindan so'ng omma etiboriga tushdi. Bahs davomidagi ajoyib harakatlari OAV orqali ko'p bor takidlandi, angliyalik sobiq futbolchi Garri Lineker ham Deyvisning o'yinini maqtab qo'ydi.

2020 yil aprelda "Bavariya" va Devis shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishga kelishib, uning amaldagi shartnomasiga ikki yil qo'shib qo'yishdi. Covid-19 pandemiyasi sababli barcha o'yinlarni to'xtatib qo'ygan Bundesliganing qayta boshlanishidan so'ng, Deyvis "Ayntraxt" va "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinlarda ishtirok etdi. Mavsum yakunlangach Alfonso 2019/20 yilgi mavsumning kashfiyoti deya baholandi. Aynan o'tgan mavsum ECHL doirasidagi “Barselona”ga qarshi o'yinda (8:2) Joshua Kimmixning golidagi ishtirokidan so'ng u ommani xayratlantirishda davom etdi. “Bavariya” CHempionlar ligasi g'olibiga aylangach ushbu turnirda g'olib bo'lgan birinchi kanadalik futbolchiga aylandi. SHuningdek, 2019/20 yilgi mavsumda “mavsumning eng yaxshi futbolchisi” ham bo'ldi. 

2020 yilda u Kanadaning ham “eng yaxshi futbolchisi”ga aylandi. “Deyvis qo'lga kiritgan natija yangi avlod o'yinchilarini ruhlantiradi”, – deydi milliy jamoa bosh murabbiyi Jon Herdman.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Kanada fuqaroligini 2017 yili olgan bo'lsa-da, Deyvis 2014, 2015 yillarda Kanadaning U-15, U-18 jamoalaridan chairuv olgan. 2016 yilda Kanada U-20 safida Angliya U-20 ga qarshi o'yinda ishtirok etdi. O'sha yilning noyabr oyida U-17 jamoasi safida Yamayka terma jamoasiga gol urdi. O'sha vaqtlarda bergan intervyularining birida Alfonso “Kanada terma jamoasida o'ynash imkoniga ega bo'lish bu – mening orzularimdan biri” deya aytib o'tgandi. 

Ganada tug'ilgan, fuqaroliga bo'yicha liberiyalik bo'lgan Deyvisda Gana hamda Liberiya terma jamoalarida o'ynash imkoniyati ham mavjud edi, biroq 2017 yil Kanada fuqaroligini olgach aynan shu terma jamoani tanladi. Bugungi kungacha Kanada terma jamoasi safida 17 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 


SHaxsiy hayoti

Tvitter tarmog'iga o'zining goh dam olayotgan, goh esa maydondagi suratlarini joylab, izoh yozadigan Deyvis yoshligi hamda bugungi kunda erishgan yutuqlarini solishtirilgan suratni ham joylagan. 


 

 


Deyvis PSJ ning ayollar jamoasi futbolchisi Jordin Uitema bilan 3 yildan beri birga. O'z Instagram sahifasida Uitema bilan birga tushgan videoni joylagan hamda “Ajoyib ayolim bilan 3 yil. Hali kelajakda bizni nimalar kutib turganini bilib bo'lmaydi” deya izoh yozgan.


Alfonso Deyvis “Bavariya” safida chap qanot himoyasi bobida Alabadan qolishmaydi. Nimalarga qodir ekanligini esa yaxshi bilib oldik barchamiz. Davidning o'zi ham intervyularidan birida “Jamoadagi muhit ajoyib. “Bavariya”da quvnoq futbol yo'lga qo'yilgan. Alfonso Deyvis? Yaxshi yigit, tavsiyalarga quloq soladi. U yangi narsalarni o'rganishni xohlaydi, o'sishda davom etmoqda” – degan fikrni bergan edi. O'zi umuman olganda, Kanada futboli deyilganda biror taniqli futbolchini nomini aytish murakkab edi. Endi esa, kimni aytishni yaxshi bilasiz, menimcha.


Og'abek Samisov tayyorladi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика