So’nggi yangiliklar

10:04"Интер Майами"нинг Албанинг ўрнига "Реал"нинг собиқ футболчини олиб келмоқчи  0 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:17Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  0 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  0 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  2 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  5 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  16 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  2 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  3 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  8 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1

Bilolxon Toshmirzaev: "Alisher SHog'ulomov "Barselona" uslubida o'ynashni yoqtiradi" Yangiliklar

Bilolxon Toshmirzaev: "Alisher SHog'ulomov "Barselona" uslubida o'ynashni yoqtiradi"

PRO-Liga 14-turidan o'rin olgan "Neftchi"-"Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Bilolxon Toshmirzaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bilolxon, bugungi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Ochig'i so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yubormaganimizda bugun 3 ochko egasiga aylanardik. Hammasi yaxshi ketayotgandi, oxirgi 10 daqiqalikda bizga konsentraciya etishmadi. Bugun g'alaba uchun juda yaqin edik, raqibimizning 90-daqiqada kiritgan goli bizni g'alabadan mahrum qildi.

- O'tgan mavsumda Toshkentning "Oq-tepa" klubida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushardingiz. "Turon" safida zahirada qolib ketyapsiz. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Joriy yilgi mavsumda "Turon" safida asosiy tarkibda ham maydonga tushdim. Bazi o'yinlarda zahiradan tushayapman. Islombek Ismoilov bizni o'yinlarga yaxshi tayyorlamoqda deb o'ylayman.

- "Oq-tepa" va "Turon" jamoalari o'rtasida qanday farq bor?

- "Oq-tepa" klubi Superligaga futbolchi etkazib berishda etakchi jamoalardan hisoblanadi. Jamoa boshlig'i Alisher SHog'ulomov "Barselona" uslubidagi futbolni yoqtiradi. "Turon"ning vazifasi va maqsadi Superligaga qaratilgan. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Lozim topishgan payti meni maydonga tushirishmoqda.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика