Bilich: "Angliyani yaxshi ko'raman, ammo Xorvatiya ilk bor JCH finaliga chiqishini istayman"

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2018, 10:44
"Vest Xem" sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich Xorvatiya hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/2 final uchrashuvida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi.

O'yin 11 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

"Bu bahsda Xorvatiyaga 99%, Angliyaga esa 1% muxlislik qilaman deya olmayman. Angliyani yaxshi ko'raman, biroq mening mamlakatim (Xorvatiya) jahon chempionatlaridagi o'zining ilk finaliga chiqishini xohlayman" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail