Bilasizmi? Srechko Katanec Toshkentda ikkinchi bor g'alaba qozondi
30 mar 2021 21:18
Yangiliklar
Bilasizmi? Srechko Katanec Toshkentda ikkinchi bor g'alaba qozondi
Xuddi biz kabi jahon chempionati saralash bosqichining to'xtab qolgan o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Iroq terma jamoasi kechagi bahsda 1:0 hisobida zafar quchdi. Xabaringiz bor, hozirda ushbu jamoani Srechko Katanec boshqarmoqda.
Qizig'i shundaki, sloveniyalik murabbiy Toshkentdan ikkinchi bor g'alaba bilan qaytdi. Birinchisi rasmiy uchrashuv maqomida bo'lib, Katanec BAA termasi bosh murabbiyi sifatida yurtimizga tashrif buyurgandi.
Bu voqea 2010 yilning mart oyida O'zbekiston va BAA milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahsda ro'y bergan. O'shanda Osiyo Kubogi-2011 saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda ham 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandik.

90+3-daqiqada Sulton Al Menholi tomonidan kiritilgan gol amirlik futbolchilariga g'alaba keltirgandi. Oradan 11 yil o'tib Srechko Katanec yana g'alaba qozonishni uddaladi, faqat bu safar o'rtoqlik o'yinida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar