Bilasizmi? "So'g'diyona" 36ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda g'alaba qozondi
13 iyu 2018 13:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/443679_original.jpg)
![](/upload/storage/443679_220.jpg)
Bilasizmi? "So'g'diyona" 36ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda g'alaba qozondi
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi kecha Superliga 14-tur doirasida "Buxoro" bilan kuch sinashdi.
Mazkur bellashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yinda Nikola Milinkovich, Sanjar Rashidov va SHohruz Norxonov tomonidan kiritilgan gollar maydon egalariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "So'g'diyona" bungacha oxirgi marta 2017 yil oliy liganing 9-turida yirik hisobda zafar quchgan ekan. O'shanda jizzaxliklar uyda "Mashal"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgan, eng qizig'i, o'sha o'yinda ham Sanjar Rashidov gol urgandi.
SHundan so'ng o'tgan yil 21ta, bu yil 15ta - jami 36ta bahs o'tib "So'g'diyona" yana yirik hisobda zafar quchdi. Aytish mumkinki, kecha "So'g'diyona" ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar