So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Bilasizmi? SHomurodov Italiya A seriyasida o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi Yangiliklar

Bilasizmi? SHomurodov Italiya A seriyasida o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov yaqin vaqt ichida Italiyaning "Jenoa" klubi bilan shartnoma tuzadi.

SHunday qilib, SHomurodov Italiya A Seriyasida o'ynaydigan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Bunga qadar Ilyos Zeytullaev Appenin yarim orolida o'ynaganini ko'pchilik yaxshi biladi. Zeytullaev "Yuventus" safida faqat Italiya kubogi doirasida ikkita o'yinda maydonga tushgan va Italiya chempionatida umuman o'ynamagan.

Biroq "Yuventus" hamyurtimizni "Redjina"ga ijaraga bergan va Zeytullaev 2005 yil 19 mart kuni Italiya A seriyasida aynan "Yuventus"ga qarshi bahsda o'z debyutini nishonlagan. O'sha vaqtda "Yuventus" safida Buffon, Kannavaro, Tyuram, Zambrotta, Kamoranezi, Del Pero, Ibragimovich kabi yulduzlar to'p tepardi. "Redjina"ni Valter Maccarri boshqarardi. Zeytullaev 75-daqiqada Marko Borrello o'rniga maydonga tushgandi. Umuman olganda Zeytullaev Italiya A seriyasida jami 4ta o'yinda maydonga tushgan va gol ura olmagan.

Ilyos Zeytullaev 2006-2007 yilgi mavsumda "Jenoa" safida Italiya B Seriyasida o'ynagan.

Yani SHomurodov "Jenoa" safida Italiya A seriyasida maydonga tushadigan birinchi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi. Bundan tashqari SHomurodov Italiya A seriyasida gol ursa, Evropa TOP-5 chempionatida to'p kiritgan dastlabki o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi.


YUVENTUS - REDJINA - 1:0 (0:0).
19 mart 2005 yil. Turin. "Delli Alpi" stadioni. 21198 tomoshabin.
Gol:
Del Pero, 65 (1:0).
Yuventus: Buffon, Kannavaro, Tyuram, Dzebina, Dzambrotta, Blazi (Takkinardi, 46), Emerson, Kamoranezi, Del Pero, Salaeta (Pessotto, 78), Ibragimovich.
Bosh murabbiy: Fabio Kapello.

Redjina: Pavarini, Kannarsa (Budyanskiy, 86), De Roza, Francheskini, Dzamboni, Koluchchi, Mesto, Tedesko, Mocart, Nakamura (Esteves, 81), Borrello (Ilyos Zeytulaev, 75).
Bosh murabbiy: Valter Maccarri.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика