Bilasizmi? Rodrigo Luka Modrichni "dada" deb chaqiradi
27 jan 2022 11:31
Yangiliklar
Bilasizmi? Rodrigo Luka Modrichni "dada" deb chaqiradi
Rodrigo TNT Brazil"ga bergan intervyusida tajribali jamoadoshi Luka Modrich bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.
"Biz Luka Modrich bilan oilamiz, o'z hayotimiz haqida suhbatlashganimizda u otam o'zidan bor yo'g'i bir yoshga katta ekanliklarini bildi.
Mashg'ulotlardan birida u menga shunday dedi: "Sen meni va o'zingdan kattalarni hurmat qilishing kerak. Yoshim sendan ancha katta va deyarli otang tengi ekanman". Ana o'sha voqeadan beri u menga "o'g'lim" deb, men esa "dada" deb murojaat qilaman.
Modrich bilan bir jamoada harakat qilish katta baxt. U men birga o'ynagan va bevosita o'yinini ko'rgan futbolchilar ichida eng zo'ri. Bunday munosabatlar — ajoyib va ularning qadriga etish muhim", - deydi Rodrigo Goes.
Fikrlar