Bilasizmi, Paulino 14 oydan beri tanaffussiz o'ynamoqda
23 fev 2018 14:18
Yangiliklar
Bilasizmi, Paulino 14 oydan beri tanaffussiz o'ynamoqda
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Paulino yozda Xitoyning "Guanjou Evergrand" klubidan Ispaniyaning "Barselona"siga o'tdi.
Xitoy chempionatining birinchi davrasida to'liq ishtirok etib, xitoyliklar safida 29ta uchrashuvda maydonga tushgan braziliyalik ispan grandiga o'tganidan so'ng dam olmadi. 14 avgust kuni Paulinoning transferi elon qilindi, 18 avgustda esa LaLigada yangi mavsum boshlandi. Yarim himoyachi ketma-ket 14 oydan beri tanaffuslarsiz o'ynab kelmoqda. Ushbu vaqt ichida u 73ta uchrashuvda maydonga tushdi ("Barsa" bilan 35ta, "Guanjou" safida 29ta va Braziliya terma jamoasida 9ta).
Paulino joriy mavsum LaLiganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar