So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Bilasizmi? Mirjalol Qosimov bugun "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida oliy ligada 120-o'yinini o'tkazadi Yangiliklar

Bilasizmi? Mirjalol Qosimov bugun "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida oliy ligada 120-o'yinini o'tkazadi

Va nihoyat 3 yil-u bir oylik tanaffusdan so'ng Mirjalol Qosimov yana "Bunyodkor"ga qaytdi.

Avvalgi bosh murabbiy Sergey Lushan o'rnini egallagan Mirjalol Qo'shoqovich bugun o'z qaytishini "SHo'rtan"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

G'uzordagi bahs soat 18:00da start oladi. Bu o'yinning qiziq tomoni shundaki, Qosimov qadrdon jamoasiga qaytishini qanday natija bilan boshlaydi? Bundan tashqari, Mirjalol Qosimov bugun "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida oliy ligada 120-o'yinini o'tkazadi. Quyida statistikaga murojaat qilamiz.



Qosimovning "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida oliy ligadagi o'yinlari:

2007 y. 1 o'yin (1 g'alaba)
2008 y. 20 o'yin (17 g'alaba)
2009 y. Ishlamagan
2010 y. 17 o'yin (13 g'alaba)
2011 y. 26 o'yin (19 g'alaba)
2012 y. 26 o'yin (17 g'alaba)
2013 y. 26 o'yin (19 g'alaba)
2014 y. 3 o'yin (2 g'alaba)
2015 y. Ishlamagan
2016 y. Ishlamagan

Demak, shunda jami 119ta o'yin kelib chiqyapti va shundan 79tasida Qosimov shogirdlari g'alaba qozongan. Mabodo bugun "Bunyodkor" "SHo'rtan"ni mag'lub etgudek bo'lsa, bu 80-g'alaba bo'ladi.



Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"dagi avvalgi faoliyati davomida to'rt marta G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi jamoasini maydonga olib tushgan. Ana shu to'rtta o'yinning ikkitasi 0:0 hisobi bilan yakun topgan va bir martadan tomonlar 1:0 hisobida zafar quchishgan.

2010 y. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 0:0
2011 y. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 1:0
2012 y. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 0:1
2013 y. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 0:0

Bugungi bahs Qosimov uchun "SHo'rtan"ga qarshi beshinchi o'yin bo'ladi va avvalgi bellashuvlardagi natijalarni yuqorida keltirib o'tdik. 2011 yil "SHo'rtan" g'alaba qozongan o'yinda Aleksandr Merzlyakov, oradan bir yil o'tib "Bunyodkor" zafar quchgan bahsda Bahodir Pardaev gol muallifi bo'lgan. Xo'sh, bugungi to'qnashuv qanday kechadi-yu, qanday hisob bilan yakunlanadi? Buni albatta o'yindan so'ng bilib olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика