Bilasizmi? “Lokomotiv” oliy liganing faqat ikkita o'yinida to'p kirita olmadi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2015, 16:14
Toshkentning “Lokomotiv” klubi joriy mavsumni ham ikkinchi o'rinda yakunladi.

“Temiryo'lchilar” mavsum boshidan to oxirigacha faqat chempionlik uchun kurash olib borishdi, biroq ayrim o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar chempionlikka etarli bo'lmadi.

Oliy ligada 30ta o'yin o'tkazgan “Lokomotiv” shundan 23tasida g'alaba qozondi, 5 bor durang o'ynagan bo'lsa, ikki marta mag'lubiyatga uchradi. Jamoamiz safarda “Nasaf” va “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi, shuningdek, “Metallurg” (ikki marta), uyda “Neftchi”, safarda “Qo'qon-1912″ va “Olmaliq” klublari bilan durang o'ynadi.

“Lokomotiv” oliy ligadagi 30ta o'yinning faqat ikkitasidagina to'p kirita olmadi. Jamoamiz avvaliga “Metallurg” bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, keyinchalik “Nasaf”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikkala uchrashuv ham safarda o'tkazildi. Umumiy hisobda “Lokomotiv” bu yil 43ta rasmiy bellashuvda maydonga tushdi. Mana shu o'yinlarda “temiryo'lchilar” jami 88ta gol urib, o'z darvozalaridan 38 bor to'p o'tkazib yuborishdi. Bu esa to'plar nisbatiga ko'ra +50ni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz