So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Bilasizmi? Ektor Kuper 11ta o'yindan so'ng nihoyat g'alabaga erishdi Yangiliklar

Bilasizmi? Ektor Kuper 11ta o'yindan so'ng nihoyat g'alabaga erishdi

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - KXDR o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng ikkita ijobiy statistika kuzatildi.

Birinchisi, O'zbekiston terma jamoasi nihoyat 10ta o'yinlik g'alabasiz seriyasini yo'qqa chiqardi. Biz oxirgi marta o'tgan yilning 6 iyun sanasida Tailandni 2:0 hisobida mag'lub etgandik. SHundan beri o'nta o'yin o'tkazgan terma jamoamiz birortasida g'alabaga erishga olmagandi. 

Oradan bir yildan ko'proq vaqt o'tib kecha vakillarimiz yana g'alaba qozonishdi. Mart oyidan beri endi yig'ilgan KXDR terma jamoasi 2:0 hisobida mag'lub etildi. SHunday qilib O'zbekiston MTJ bir yildan ko'p davom etgan g'alabasiz seriyasiga Ektor Kuper qo'l ostida barham berdi. 

Ikkinchi quvonchli xabar shuki, Ektor Kuperning o'zi ham 11ta o'yindan so'ng 12-bahsini g'alaba bilan tugatdi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, bu murabbiy oxirgi 11ta o'yindan beri zafar qucha olmay kelayotgandi. Yaxshi bilasiz, Kuper bizgacha Misr terma jamoasini boshqargan. 

U Misr bosh murabbiyi sifatida 2018 yil 8ta o'yin o'tkazib, birortasida g'alaba qozona olmadi. Uning boshchiligida misrliklar JCH-2018dagi uchala uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganini yaxshi bilasiz. Kuper oxirgi marta 2017 yilning 8 oktyabrida Kongoni 2:1 hisobida mag'lub etgan. SHundan beri oradan bir yildan sal ko'proq vaqt o'tib u ham ilk g'alabasini nishonladi. 

Naqadar bir-biriga mos terma jamoa va murabbiy, to'g'rimi? Argentinalik mutaxassis O'zbekistonga kelgach sentyabr oyida ikkita uchrashuv o'tkazib bunda ham yuta olmagandi. Va nihoyat 13 oktyabr sanasida bo'lib o'tgan KXDRga qarshi bahsda Kuper 11ta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berdi. 

Ektor Kuperning oxirgi g'alabasidan kechagisiga qadar:

2017 yil
8 oktyabr. Misr - Kongo 2:1 (JCH-2018 saralash)
12 noyabr. Gana - Misr 1:1 (JCH-2018 saralash)

2018 yil
23 mart. Portugaliya - Misr 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
27 mart. Misr - Greciya 0:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
25 may. Quvayt - Misr 1:1 (O'rtoqlik  uchrashuvi)
1 iyun. Misr - Kolumbiya 0:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
6 iyun. Belgiya - Misr 3:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)

15 iyun. Misr - Urugvay 0:1 (JCH-2018 guruh bosqichi)
19 iyun. Rossiya - Misr 3:1 (JCH-2018 guruh bosqichi)
25 iyun. Saudiya Arabistoni - Misr 2:1 (JCH-2018 guruh bosqichi)

6 sentyabr. O'zbekiston - Suriya 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
11 sentyabr. O'zbekiston - Eron 0:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
13 oktyabr. O'zbekiston - KXDR 2:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика