Bilasizmi? "Buxoro" oxirgi 3 o'yindan beri gol urmayapti
16 sen 2018 10:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453554_original.jpg)
![](/upload/storage/453554_220.jpg)
Bilasizmi? "Buxoro" oxirgi 3 o'yindan beri gol urmayapti
Natijada "Buxoro"ning ketma-ket mag'lubiyatlari soni uchtaga etdi va jamoa bo'lib o'tgan oxirgi uchta bahsning birortasida to'p kirita olmadi. Buxoroliklar oxirgi marta o'z uylarida "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgandi. SHundan so'ng jamoa safarda "Navbahor" (0:2) va o'z maydonida "Lokomotiv"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
"Buxoro" ikkinchi bosqichning dastlabki uchrashuvini Toshkentda o'tkazib yana gol urmasdan yutqazib qo'ydi. Qatorasiga uchta o'yinda yutqazish bu yil "Buxoro" bilan ikkinchi bor ro'y bermoqda. Birinchisi 9,10,11-turlarda kuzatilgandi. O'shanda Ulug'bek Baqoev shogirdlari uyda "Navbahor", safarda esa "Metallurg" va "Lokomotiv" klublariga imkoniyatni boy berishgandi.
"Buxoro" Superliganing 24-tur o'yinini 22 sentyabr kuni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar