Bilasizmi? "Buxoro" oxirgi 3 o'yindan beri gol urmayapti

Xayrulla Xoliqov
16 sen 2018, 10:52
Superliganing 23-turida "Bunyodkor" 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Natijada "Buxoro"ning ketma-ket mag'lubiyatlari soni uchtaga etdi va jamoa bo'lib o'tgan oxirgi uchta bahsning birortasida to'p kirita olmadi. Buxoroliklar oxirgi marta o'z uylarida "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgandi. Shundan so'ng jamoa safarda "Navbahor" (0:2) va o'z maydonida "Lokomotiv"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

"Buxoro" ikkinchi bosqichning dastlabki uchrashuvini Toshkentda o'tkazib yana gol urmasdan yutqazib qo'ydi. Qatorasiga uchta o'yinda yutqazish bu yil "Buxoro" bilan ikkinchi bor ro'y bermoqda. Birinchisi 9,10,11-turlarda kuzatilgandi. O'shanda Ulug'bek Baqoev shogirdlari uyda "Navbahor", safarda esa "Metallurg" va "Lokomotiv" klublariga imkoniyatni boy berishgandi.

"Buxoro" Superliganing 24-tur o'yinini 22 sentyabr kuni  Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia