Bilasizmi? AGMK ketma-ket 6ta o'yindan beri safarda yuta olmayapti
02 okt 2021 22:18
Yangiliklar
Bilasizmi? AGMK ketma-ket 6ta o'yindan beri safarda yuta olmayapti
Bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi 1:1 hisobida o'z nihoyasiga etdi.
Turnir jadvalida 3-o'rinda borayotgan AGMK bugun safarda 11-uchrashuvini o'tkazdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari shu paytgacha safar o'yinlarida 3 bor g'alaba qozonib, 6 durang qayd etgan holda 2 marta mag'lub bo'lishgan. Safar bahslarida to'plar nisbati 9-8.
Bugungi bellashuvni qo'shib hisoblaganda AGMKning safardagi g'alabasiz seriyasi 6taga etdi. Bu jamoa oxirgi marta 11-turda "Andijon"ni 3:2 hisobida mag'lub etib qaytgandi. SHundan beri olmaliqliklar safarda 6 o'yinda maydonga tushib, 5 durang va bir mag'lubiyat qayd etishdi.
AGMK "Andijon"ni mag'lub etib qaytganidan so'ng "So'g'diyona" (0:0), "Lokomotiv" (1:1), "Paxtakor" (1:0), "Navbahor" (0:0), "Qizilqum" (0:0) va "Bunyodkor" (1:1) jamoalariga qarshi bahs olib bordi.
Fikrlar