Bil "Vulverxempton" taklifini rad etdi va KPRda qolishga qaror qildi
20 okt 2022 21:20
Yangiliklar
Bil "Vulverxempton" taklifini rad etdi va KPRda qolishga qaror qildi
KPR bosh murabbiyi Maykl Bil "Vulverxempton"ni boshqarish imkoniyatidan voz kechdi.
Angliyalik mutaxassis bugun ertalab, "bo'rilar" uni bo'sh turgan murabbiylik lavozimiga olib kelish uchun so'nggi urinishni amalga oshirganida shunday qarorga keldi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bil KPRdagi loyihasini davom ettirish niyatida. Uning qo'l ostidagi jamo kecha "Kardiff" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) CHempionshipda birinchi pog'onaga ko'tarildi. Maykl shunday lahzada "Loftus Roud"ni tark etganiga pushaymon bo'lishdan qo'rqdi.
Endi "Vulverxempton" o'zining sobiq bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu nomzodiga qaytishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar