Beyl Zidandan o'zini qaydnomaga kiritmaslikni so'radi
19 iyu 2020 08:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582074_original.jpg)
![](/upload/storage/582074_220.jpg)
Beyl Zidandan o'zini qaydnomaga kiritmaslikni so'radi
Madridning “Real” klubi futbolchisi Garet Beyl jamoasi bosh murabbiyi Zidandan Primeroning “Leganes”ga qarshi kechadigan bahsda o'zini qaydnomaga kiritmaslikni so'radi.
Bu haqda Ispaniyaning Onda Cero nashri jurnalisti Edu Pidal xabar bermoqda.
“Garet Beyl Zidandan” “Leganes”ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmaslikni iltimos qildi. Bir necha tur ilgari Xames xuddi shunday ishni qilgandi. Zidanning ushbu futbolchilarni qaydnomaga kiritmasligining sababi ham shu”, deya yozdi Pidal o'zning Tvitterdagi sahifasida.
Xames Rodriges La Liga 34-turi doirasida “Atletiko”ga (1:0) qarshi bahs oldidan jamoa murabbiyiga uni qaydnomaga kiritmaslikni so'rab, murojaat qilgandi.
“Leganes” – “Real” uchrashuvi bugun 19 iyuldan 20 iyulgacha o'tar kechasi, soat 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar