So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Beyl porlagan o'yin Yangiliklar

Beyl porlagan o'yin

Bir o'yin tarixi

BEYL EVROPADA PORLAGAN O'YIN
Kecha tunda Londonning "Tottenxem" klubi ECHL 5-turi doirasida "Inter"ni o'z maydonida mag'lub etib pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi. "Tottenxem" va "Inter" haqida gapirganda ko'pchilik beixtiyor Garet Beylni eslaydi. Bejizga emas, albatta. 2010/11 yilgi mavsum Londonning "Tottenxem" klubi uchun omadli kelgandi. O'sha mavsumda klub o'z tarixida ilk marta CHempionlar Ligasi saralashida qatnashish huquqiga ega bo'lgan va saralashda SHveycariyaning "Yang Boyz" jamoasini mag'lub etgan Xari Rednapp shogirdlari guruh bosqichi yo'llanmasiga ega bo'lishgandi. Guruhda "Taqachilar" birinchi o'rinni olib chorak finalgacha etib borishadi. Guruh boqichining 3-turidan o'rin olgan "Inter" – "Tottenxem" o'yini ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Eslay olmayapsizmi? Unda sizga bitta faktni eslatib yuboramiz: o'sha o'yinda Garet Beyl uchta gol urgandi. Bugun ana shu super o'yinni birgalikda eslaymiz.

REDNAPPNING "TAQACHILARI"
"Inter" CHempionlar Ligasining biz eslayotgan 2010/11 yilgi mavsumida musobaqaning amaldagi g'olibi sifatida qatnashgandi. Bir yil oldin milanliklar Joze Mourino qo'l ostida kimsan «Barselona»ni yarim finalda ortda qoldirib Evropani zabt etganini eslasangiz kerak. SHu sabab biz eslayotgan o'yinda mag'lub bo'lgan ersa-da, u vaqtlar yangi darajaga ko'tarilgan "Tottenxem"ga ko'proq etibor bersak. "Taqachilar"ning uzoq yillik xo'jayini Deniel Levi jamoa bosh murabbiyi Xudande Ramosning ishidan qanoatlanmaydi va uni ishdan bo'shatadi. Levi bosh murabbiylikka "Portsmut" bilan Angliya Kubogida g'olib bo'lgan (chorak finalda MYUni mag'lub etib) Xari Rednappni olib keladi. Murabbiyning "Portsmut" bilan kelishuvi bor edi va shu sabab Levi "Tottenxem"ga Rednappni olib kelishi uchun "Portsmut"ga 5 million funt to'lashga ham rozi bo'ladi.

Rednapp o'sha vaqtlar Angliyaning eng mashhur murabbiyi edi. CHunki u ingliz murabbiylari ichida oxirgi marta sovrin yutgan inson edida! Rednappning kelishi "Tottenxem"ni chindan ham yangi darajaga ko'taradi. Jamoa safiga Robbi Kin, Karlo Kudichini, Kayl Uoker, Piter Krauch, Niko Kranchar, Yunes Kabul, Eyder Gudonson, Villiam Gallas, Rafael van der Vart kabi futbolchilar kelib qo'shilishadi. Oldinroq Luka Modrich ham "taqachi"ga aylanganini takidlash kerak. Mana shunday ajoyib futbolchilar bilan "Tottenxem" 2009/10 yilgi mavsumda APLda 4-o'rinni qo'lga kiritadi va CHempionlar Ligasi guruh bosqichiga o'tish uchun pley-offda qatnashish huquqiga ega bo'ladi. Saralashda "Yang Boyz"ni mag'lub etgan "Tottenxem" o'z tarixida birinchi marta Evropa CHempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

"ISTANBUL TRILLERI"NI YODGA SOLGAN BO'LIMLAR

Bu o'yinning scenariysi 2005 yilgi CHempionlar Ligasining finalini eslatib yuboradi. Esingizda bo'lsa, Istanbulda o'tgan o'sha finalda "Milan" va "Liverpul" jamoalari to'qnash kelgan va inglizlar birinchi bo'limdan so'ng 0:3 hisobida ortda qolishayotganiga qaramay ikkinchi taymda hisobni tenglashtirib, oxir-oqibat sovrinni qo'lga kiritishgandi. Amaldagi chempion "Inter" ham musobaqa debyutanti "Tottenxem"ga qarshi o'yinni juda xotirjam boshlaydi.

2-daqiqadayoq «Inter» sardori Xaver Zanetti hisobni ochadi. Argentinalik futbolchi Eto’Oning to'p uzatishidan so'ng darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib gol uradi. Istanbuldagi o'yinda hisobni “Milan” sardori Paolo Maldini ochgani ham bu ikki o'yinni bir-biriga o'xshatib yuboradi. Zanettining golida hujumni 18 yoshli Filipe Koutino boshlaganini ham takidlash o'rinli. 8-daqiqada Jonatan Diabiani "Tottenxem" jarima maydonchasiga kirib borayotganda darvozabon Eurelio Gomes uni qo'pollik bilan to'xtatib qoladi va bosh hakam Damir Skomina "Tottenxem" darvozabonini maydondan chetlatadi. Rednapp maydonga ikkinchi darvozabon Karlo Kudichini tushiradi va asosiy yarimhimoyachi Luka Modrichni o'yindan olishga majbur bo'ladi. Eto’O esa belgilangan penaltini aniq amalga oshiradi – 2:0.

3 daqiqa o'tib milanliklar "Tottenxem" darvozasiga yana bitta gol urishadi. Deyan Stankovich jarima maydonchasi tashqarisidan to'pni aniq darvozaga yo'llaydi – 3:0. Qizig'i, bu golga ham Eto’O assistentlik qiladi. 35-daqiqada Eto’O hisobni sharmandali ko'rinishga olib keladi. Kamerunlik hujumchi Filipe Koutinoning to'p uzatishidan so'ng darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib boradi va imkoniyatdan unumli foydalanadi – 4:0. Aynan shu goldan so'ng "Inter"ning qahramonligi tugaydi. CHunki ikkinchi bo'limda o'yinda yangi qahramon paydo bo'ladi.

HIMOYACHIDAN HUJUMCHIGA AYLANGAN BEYL
Hozirda Garet Beyl "Real"ning asosiy hujumchisi hisoblanadi. Biroq Garet faoliyatini qaysi poziciyada boshlaganini eslaysizmi? U "Tottenxem"da tezkor chap qanot himoyachisi sifatida tanilgandi. Keyinchalik Rednapp Beylning hujumdagi salohiyatini inobatga olib uni yarimhimoyachiga aylantiradi. Biz eslayotgan o'yinda esa Beyl gol urish uchun tug'ilgan futbolchi ekanini ko'rsatadi. 52-daqiqada o'z jarima maydonchasi yaqinida to'pni egallab olgan Beyl "Inter" himoyachilarini katta tezlikda ortda qoldirib, chap qanotdan oldinga boradi va kuchli zarbasi bilan farqni qisqartiradi – 1:4.

Beyl ikkinchi golini 90-daqiqada uradi. Garet bu gal ham Xaver Zanettini ortda qoldirib yana chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib boradi va uzoq burchakni aniq nishonga oladi – 2:4. "Inter" to'pni maydon markazida o'yinga kiritishi bilanoq "Tottenxem"liklar to'pni egallab olishadi va Lennon chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borgan Beylga to'pni uzatadi. Beyl esa xuddi raqibning ustidan kulayotgandek yana o'sha nuqtadan Sezar darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga oladi – 3:4. Bu shunchaki fantastika edi. Bitta futbolchi, bir xil uslubda, bir taymning o'zida himoyasida dunyoning eng zo'r himoyachilardan bo'lgan Zanetti, Samuel va Lusiolar o'ynaydigan jamoaga gol urgandi. Qolganiga Beylga vaqt etmaydi va jamoasi 3:4 hisobida mag'lub bo'ladi. Bu o'yin haqida eslaganda hech kim ikkita gol urgan va ikkita golga assistentlik qilgan Samuel Eto’Oni yoki "Inter"dan kimnidir emas, aynan Garet Beylni eslaydi. Uelslik superyulduz keyinchalik "Real"ga o'tib 4 martalab CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi. Balki yana yaxshi holatga qaytishi uchun Beyl "Inter"ga qarshi o'sha o'yinni tomosha qilishi kerakdir?

ECHL. 2010/11 yilgi mavsum
Guruh bosqichi, 3-tur. 2010 yil, 20 oktyabr
"INTER" –  "TOTTENXEM" 4:3

Gollar: Xaver Zanetti (2), Samuel Eto’O (11, pen., 35), Deyan Stankovich (14), Beyl(52, 89, 90)
Inter: Julio Sezar, Valter Samuel, Luiso, Maykon, Xaver Zanetti, Deyan, Stankovich (Davide Santon), Kristian Kivu (Goran Pandev, 61), Jonatan Diabiani (Ivan Kordoba, 75), Filipe Koutino, Uesli Sneyder, Samuel Eto’O.
Bosh murabbiy: Rafael Benites.
Tottenhem: Eurelio Gomes, Alan Xatton, Uilyam Gallas, Benua Assu-Ekotto, Sebastyan Bassong, Jermeyn Jennas, Tom Xaddelstoun (Uilson Palasios, 80), Aaron Lennon, Garet Beyl, Luka Modrich (Karlo Kudichini, 11), Piter Krauch (Robbi Kin, 67).
Bosh murabbiy: Xarri Rednapp.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика