Beyl Lopetegi bilan suhbatlashdi va qaror qabul qildi
17 iyu 2018 16:35
Yangiliklar
Beyl Lopetegi bilan suhbatlashdi va qaror qabul qildi
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Qirollik klubi"da qolishga qaror qildi.
Malumotlarga ko'ra, xavbek dushanba kuni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashdi va suhbatlashdi.
Ispaniyalik mutaxassis Beylni Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng asosiy rolda bo'lishiga ishontirdi.
Lopetegi uelslikka uning iqtidori muxlisi ekanligini va yangi mavsumda unga ishonch bildirayotganligini aytdi.
Oldinroq, futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun "Real"ni tark etmoqchiligi haqida xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar