Beyl, Kross va Fabregas nima uchun MYUga o'tmaganini Moyes aytib berdi
18 mar 2019 19:55
Yangiliklar


Beyl, Kross va Fabregas nima uchun MYUga o'tmaganini Moyes aytib berdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaga top-futbolchilar olib kelmoqchi bo'lganini aytib berdi.
SHotlandiyalikning aytishiga ko'ra, klub Garet Beyl, Toni Kroos va Sesk Fabregas bilan kelishib olishga yaqin bo'lgan ekan.
"Men Kroos bilan ko'rishgandim. U "Real" emas, "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozilik bergandi. Ammo o'sha vaqtda men istefoga chiqdim va Toni ham boshqa variantni tanladi. Transfer oynasining so'nggi kunlarida biz Garet Beylni o'z safimizga qo'shib olishga yaqin kelgandik. Uni "Real"dan ketishga ko'ndirgandik. O'zini taroziga solmasligi uchun unga katta summa taklif qildik. Ammo kichik detallarda omadsizlik bo'ldi. Undan tashqari Sesk Fabregas bilan ham kelishib olgandik. Bunda ham Beyldagi holat takrorlangan", - dedi Moyes.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar