Beyl klub futbolidan ketishni rejalashtirmoqda, ammo u terma jamoa uchun o'ynashda davom etmoqchi
07 iyu 2021 00:58
Yangiliklar
Beyl klub futbolidan ketishni rejalashtirmoqda, ammo u terma jamoa uchun o'ynashda davom etmoqchi
Daily Mail nashri Garet Beyl klub futbolidagi faoliyatini tugatmoqchiligi haqida xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, Garet Beyl "Real Madrid" bilan 2022 yil yozigacha bo'lgan, amaldagi shartnomasi tugagandan so'ng, klublardagi faoliyatini tugatadi. Ammo, Beyl futboldan butunlay ketmoqchi emas. Beyl agarda terma jamoasi Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanma olishni uddalasa, mundialda termasiga yordam berish niyatida.
Eslatib o'tamiz, Uels termasi JCH saralash bosqichida ikki o'yindan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar