Beyl: "JCHga chiqish uchun Belarus bilan o'lguncha kurashamiz"
13 noy 2021 00:56
Yangiliklar
Beyl: "JCHga chiqish uchun Belarus bilan o'lguncha kurashamiz"
Uels termasi vingeri Garet Beyl JCH saralashi doirasida Belarusga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi
"Terma tarkibida 100ta o'yin o'tkazish - ajoyib holat. Bunday pallada doimo o'ynaging kelaveradi. Biroq JCH har bir futbolchi uchun birinchi o'rinda turadi. O'yinda start hushtagi chalindimi futbolchi doimo barchasini unutib, 3 ochko haqida o'ylashi kerak. O'yindagi g'alaba futbolchi uchun ideal sovg'a hisoblanadi. Biz JCHga chiqish uchun Belarusga qarshi o'yinda o'lguncha kurashamiz. Qo'limmizdan kelganini qilamiz", - dedi Beyl.
Uels - Belarus bahsi ertaga tunda bo'lib o'tadi. Ayni damda uelsliklar 11 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda. 2-o'rindagi CHexiyada ham shuncha ochko mavjud.
Fikrlar