Beyl - ECHL finalining eng yaxshi futbolchisi!
27 may 2018 09:29
Yangiliklar
Beyl - ECHL finalining eng yaxshi futbolchisi!
UEFAning texnik kuzatuvchilari ECHL final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.
SHubhasiz, o'yin qahramoni “Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushirilgan uelslik futbolchi bir-biridan chiroyli ikkita gol kiritib, jamoasining “Liverpul” ustidan qozonilgan (3:1) g'alabasiga munosib tarzda ulush qo'shdi.
Etiborlisi, ECHL finalining eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin qatorasiga uchinchi bor ham “Real” o'yinchisiga nasib qilmoqda. 2016 yilgi finalda himoyachi Serxio Ramos, o'tgan yili esa hujumchi Krishtianu Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar