"Betis" vingeri La Ligada mag'lubiyatga uchrash bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi
26 avg 2019 11:51
Yangiliklar
"Betis" vingeri La Ligada mag'lubiyatga uchrash bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi
Xoakin Sanches uchun chempionat antirekordigacha yana 4ta o'yin qoldi.
Ispaniya chempionati 2-tur doirasidagi "Barselona" va "Betis" klublari o'rtasidagi o'yinda mehmonlar safida zaxiradan Xoakin Sanches o'yinga qo'shildi.
Bu o'yindagi mag'lubiyat 38 yoshli "qariya" uchun Ispaniya chempionatidagi 174-si bo'ldi.
U "Osasuna" sobiq futbolchisi Patchi Punyalni ortda qoldirib, mag'lubiyatlar bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Bundan buyog'iga Ispaniya chempionatidagi rekordchi Xose Ramon Esnaolaga etib olish uchun 4ta mag'lubiyatli o'yin qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar