"Betis" "Real" xavbeki uchun 15 million evro to'laydi
27 dek 2021 10:16
Yangiliklar
"Betis" "Real" xavbeki uchun 15 million evro to'laydi
"Betis "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalosni qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda. Bitim narxi bonuslarsiz 15 million evroni tashkil etadi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum "Real" tarkibida umuman maydonga tushirilmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Sebalos "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u "qirollik klubi"ga 2017 yilning yozida 16,5 mln evro evaziga o'tgan edi. Dani shuningdek 2019-2021 yillarda "Arsenal"da ijara asosida to'p tepdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar