"Betis" PSJning ikki futbolchisini ijaraga olmoqchi
01 sen 2019 16:28
Yangiliklar


"Betis" PSJning ikki futbolchisini ijaraga olmoqchi
Transferlar oynasining so'nggi kunida PSJni bir yo'la ikki futbolchi tark etishi mumkin.
"Betis" Leandro Paredes hamda Xeseni ijaraga olmoqchi, deb yozadi "France Football" nashri.
Argentinalik futbolchi qishda 40 million evro evaziga "Zenit"dan PSJga o'tgandi. Xese esa o'tgan mavsumni ijara asosida aynan "Betis"da o'tkazgandi.
Xese o'tgan mavsumda Primeroning 14 o'yinida qatnashib, 2 gol kiritdi. Paredes esa 2019 yilning boshidan buyon Liga 1dagi 19 o'yinida 2 bora samarali pas oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar