"Betis" Fekir bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
29 sen 2021, 10:38
"Betis" jamoa yarim himoyachisi Nabil Fekir bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub 28 yoshli francuzning o'yinidan mamnun va u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Tomonlarning muzokaralarni boshlagani xabar qilinmoqda.

Fekir "Betis"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca