"Betis" Antonining ijarasini bir mavsumga uzaytirmoqchi va MYUga taklif tayyorlamoqda. Ispanlar futbolchi maoshining katta qismini o'z zimmasiga olishi mumkin
26 apr 20:58
Yangiliklar


"Betis" Antonining ijarasini bir mavsumga uzaytirmoqchi va MYUga taklif tayyorlamoqda. Ispanlar futbolchi maoshining katta qismini o'z zimmasiga olishi mumkin
Antoni kelasi mavsum ham "Betis"da qolishi mumkin.
Braziliyalik vinger "Manchester Yunayted"dan ijara asosida ispanlar sharafini himoya qilmoqda.
"Betis" futbolchining ijara muddatini bir mavsumga uzaytirish taklifi bilan chiqishga tayyor. Sevilya klubi Antoni maoshining katta qismini o'z zimmasiga olishga tayyor. Hozir ispanlar futbolchi maoshining 84 foizini va bonuslarni to'lamoqda.
Antoni mavsumoldi tayyorgarligini bu vaqtga kelib shartnoma imzolanmagan bo'lsa, "Yunayted" qarorgohida boshlaydi.
"Betis" safida braziliyalik futbolchi 18 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar