"Beshiktosh" – Turkiya chempioni!
16 may 2021 01:41
Yangiliklar
"Beshiktosh" – Turkiya chempioni!
Istanbulning "Beshiktosh" klubi Turkiya chempionatining 2020/2021 yilgi mavsum g'olibiga aylandi.
Turkiya Superligasining oxirgi turida chempionlik uchun uch Istanbul klubi davogarlik qilishdi: "Beshiktosh" (81), "Galatasaroy" (81) va "Fenerbaxche" (79).
"Galatasaroy" o'z maydonida "Yeni Malatyaspor"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Fenerbaxche" safarda "Kayserispor" bilan o'ynadi va irodali g'alabaga erishdi – 2:1.
"Beshiktosh" mehmonda "Gyoztepe"ga qarshi to'qnash keldi va 2:1 hisobidagini g'alaba va chempionlikni tantana qildi.
SHunday qilib, "Beshiktosh" tarixdagi 21-chempionligini qo'lga kiritdi.
Fikrlar