Berti Fogts: "Evropadan raqib topa olmadik, shu bois O'zbekiston bilan o'ynaymiz"
19 avg 2014 19:45
Yangiliklar
Berti Fogts: "Evropadan raqib topa olmadik, shu bois O'zbekiston bilan o'ynaymiz"
Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi Berti Fogts O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda azerisport.com.
SHunday o'yin bo'lib o'tishidan xursandman. So'nggi bor terma jamoa AQSHga qarshi o'ynagandi. Afsuski, FIFA avgust oyi uchun o'z kunlarini belgilamadi, bu kichik termalar uchun qiyin. Klublarga esa aksincha osonroq. Mavsum oldidan ular 6-7 bor o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib olishlari mumkin - deydi Fogts.
Nima uchun raqib O'zbekiston? Sababi bu vaqt uchun Evropadan jamoa topa olmadik, shu bois ham O'zbekiston bilan o'ynashga qaror qildik. Bizga bu o'yin kerak - deydi Berti Fogts.
Agar biz barcha klublardan futbolchilarni chaqirganimizda Ozarbayjon klublari evrokuboklarda o'z yurishlarini to'xtatishgan bo'lardi. Bizning ikki klubimiz Evropa ligasida o'ynaydi. Ushbu jamoa futbolchilari yuqori saviyadagi ikki o'yinni o'tkazishadi. Umid qilamanki, ikkala klub Evropa ligasi guruh bosqichiga yo'llanma oladi - deydi murabbiy.

Fikrlar