Bernardu Silva Ronalduning xet-triki haqida: “Biz allaqachon bunga ko'nikib qolganmiz”

6 iyun 2019, 09:30
“Manchester Siti” a'zosi Portugaliya terma jamoasidagi sherigi haqida gapirdi.

“Biz allaqachon bunga ko'nikib qolganmiz. Ronaldu yillar davomida bu ishni amalga oshirib kelmoqda. Bu hech kim uchun syurpriz emas. U xet-trik qildi. Bu uning uchun ham qandaydir kutilmagan hol emas. U ko'plab holatlarda o'yin taqdirini hal qiladi. Endi biz yaxshiroq dam olishimiz kerak. Muxlislarimiz ham ajoyib. O'yin boshidan to oxiriga qadar bizni qoyilmaqom tarzda qo'llab-quvvatlashdi”,-deydi Silva.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24